12 Tasvirni qirqish va o‘lchamini o‘zgartirish Tasvirning ma’lum bir qismidangina foydalanish va keraksiz qismni qirqib olib tashlash
uchun
Crop buyrugʻi qoʻl keladi.
Shuningdek, tasvir
o‘lchamini kerakli ravishda moslash uchun Resize buyrugʻi bor.
Ushbu jarayonni tasvir tomonlarining
nisbatini oʻzgartirmagan holda toʻgʻri amalga
oshirishga e’tibor qilish kerak.
Qirqib olish amalini bajarish uchun avvalo tasvir tanlanadi. Tasmada paydo boʻlgan
Format menyusidan Crop buyrugʻi topiladi va tanlanadi. Shunda tasvirning
burchaklari va yonlarida qalin qora chiziqlar paydo boʻladi.
Sichqoncha kursori ushbu chetki hoshiya chiziqlaridan biriga keltiriladi va sichqoncha
tugmasini bosib, ushlagan holda tasvirning kerakli qismi tomonga yurgiziladi.
Tasvirning qirqilayotgan keraksiz qismi toʻq rang bilan belgilanib qoladi.
Resize amalini bajarish uchun avval tasvir tanlanadi. Uning burchak va yon tomonlarida
nuqtalar paydo boʻladi. Sichqoncha kursori nuqtalardan biriga joylashtiriladi va
sichqoncha tugmasini bosgan holda kursor tasvir markaziga yaqinlashtiriladi (tasvir
kichrayadi) yoki uzoqlashtiriladi (tasvir kattalashadi).
Tasvir tomonlarining nisbatini saqlab qolish uchun
Resize jarayonida tasvir
burchaklaridagi nuqtalardan foydalaniladi. Agar tasvirning nisbatlari saqlanmasa, uning
sifati pasayadi va notabiiy koʻrinadi.
Crop: tasvirning bir
qismini qirqib olib
tashlash.
Resize: tasvir
oʻlchamini
oʻzgartirish.
Aspect ratio: tasvirning eni va
boʻyi oʻrtasidagi
nisbat.
Kalit so‘zlar 3-amaliy ko‘nikma @edurtm_uz