27 Hujjatdagi matn qatorlarining intervalini o‘zgartirish 1. Oʻzgartirilmoqchi boʻlgan matn belgilanadi.
2. Layout menyusi ochiladi va
Paragraph boʻlimining oʻng quyi qismida joylashgan
kichik strelka bosiladi. Formatlash buyrugʻining turli sozlamalari keltirilgan roʻyxat
ochiladi.
3. Spacing maydonidagi qatorlar orasidagi interval varianti Singledan Multiplega
oʻzgartiriladi.
Shuningdek, qatorlar orasidagi intervalni “1.5 lines” yoki “another value”ga oʻzgartirish
mumkin. “1.5 lines” sozlamasi qatorlar orasidagi yarim qator boʻshliqni hosil qiladi,
“Double” sozlamasi esa, matndagi qatorlar orasida butun boʻsh qatorni hosil qiladi.
Sahifa hoshiyasi Hujjatga oxirgi formatlash shtrixi (touching)ni qoʻshish uchun uning har bir sahifasiga
hoshiya joylash mumkin. Bu hujjatning alohida ajralib turishini ta’minlaydi va yaxshi
ishlov berilganini koʻrsatadi. Hoshiya yaxshi tanlangan va oddiy ekaniga e’tibor berish
kerak. Aks holda u hujjatning asl maqsadidan chalgʻitishi mumkin.
Hujjat sahifalariga hoshiya qo‘shish 1. Design menyusi ochilib,
Page Borders buyrugʻi tanlanadi. Bu sahifa hoshiyalari
uchun tanlovlar oynasini ochadi.
2. Sozlamalar Box, Shadow yoki 3Dga oʻzgartiriladi.
3. Style boʻlimidan hoshiya koʻrinishi tanlanadi.
4. Sozlamalarni oʻzgartirib, tegishli hoshiya tanlangach,
OK tugmasi bosiladi.
Har bir sahifada hoshiya paydo boʻladi.
Border: tasvir yoki
matn bloki atrofida
joylashtiriladigan
hoshiya chiziq.
Kalit so‘z @edurtm_uz
28 Print preview buyrug‘idan foydalanish Hujjat ustida ishlashni yakunlagandan keyin ekranning normal holati sahifaning
hamma qismlarini koʻrsatmaydi. Shuning uchun