1. Oyna pastida joylashgan “Apply to” ochiluvchi menyusidan “Whole document”
varianti tanlansa, bu sozlama butun hujjatga qoʻllanishini bildiradi.
2. Bu variant
Selected textgaoʻzgartiriladi.
3. Sahifa holatini tanlash uchun
Portrait yoki Landscape bandi bosiladi.
Bu tanlangan matn joylashgan sahifa holatini oʻzgartiradi.
@edurtm_uz
26 Line spacing: matnning toʻliq
yoki belgilangan
qismidagi har bir
qator oraligʻiga
oʻrnatilgan boʻshliq
miqdori.
Kalit so‘z Margin: hujjatning tashqi
qismi atrofidagi
koʻrinmas
chegaralari.
Kalit so‘z Sahifa chegaralari Hujjat sahifasiga qaralsa, barcha chetki qismlar atrofida oq rangli boʻsh maydon borligi
koʻrinadi. Hujjatdagi matn uning chetlaridan maxsus oraliq masofada koʻrinishi uchun
sozlangan. Bu formatlash buyrugʻi
Margin deb nomlanadi.
Ayrim hollarda sahifaga joylashtiriladigan ma’lumot koʻproq boʻlishi mumkin.
Sahifaning oʻzida biroz qoʻshimcha joy yaratish maqsadida chegaralarni oʻzgartirish
imkoni mavjud.
Hujjat chegaralarini oʻzgartirish quyidagicha amalga oshiriladi:
1 Layout menyusidan
Margins kichik menyusi tanlansa, chegaralar variantlari
ochiladi.
2 Sahifada biroz koʻproq joy hosil qilish uchun chegara hoshiya formati
Normaldan
Narrowga oʻzgartiriladi.
Matn ekrandagi sahifaning chetlariga yaqinroq suriladi va matn uchun biroz joy
qoʻshiladi.
Qatorlar orasidagi interval Hujjat yaratayotganda, ayniqsa, maktab uchun hujjat yaratayotganda oʻqituvchi
matnning qatorlari orasida qoʻshimcha joy qoldirishni soʻrashi mumkin. Bu yozish
texnikasini qanday rivojlantirish haqida oʻz izohini yozish uchun maydon boʻlib xizmat
qiladi. Agar matn qatorlari bir-biriga juda yaqin boʻlsa, izohlarni qoʻshish qiyinchilik
tugʻdiradi.
Formatlash buyrugʻidan foydalanib qatorlar intervali kengaytiriladi va oʻqituvchi
izohlariga oraliq joy ajratish mumkin. Bu formatlash buyrugʻi
Line Spacing deb ataladi.
@edurtm_uz