90
Agar bitta keks
tayyorlash narxi
10 000 so‘m bo‘lsa
va 50 000 so‘m
ga sotilsa, har bir
keksdan 40 000
so‘m foyda olinadi.
Ushbu qiymatlarni
hisoblash
uchun qanday
ma’lumotlarni bilish
kerak?
Maslahat
1-mashgʻulot
1. Elektron jadvalning maqsadlarini aniqlang.
Qanday ma’lumotlar kiritish talab qilinadi? Keks narxi va sof foyda miqdorini
aniqlash uchun sizga nima kerak?
Elektron jadvaldan qanday ma’lumotlar olishni xohlaysiz? Nimalarni
aniqlamoqchisiz?
2. Elektron jadvalga kiritishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlang. Sizga zarur
barcha yorliqlarning ro‘yxatini yozing.
3. Elektron jadvalda ishlatishingiz kerak bo‘lgan formulalarni aniqlang.
Qanday ma’lumotlarni qay usulda topmoqchi ekaningizga e’tibor qiling. Agar
hozir hammasini aniqlay olmasangiz, tashvishlanmang.