103
Ma’lumotlar bazasidan
maqsadli foydalanish
Ma’lumotlar bazasi uchun maydon tanlash
Ma’lumotlar bazasini yaratishdan oldin quyidagilar aniqlanadi.
• ma’lumotlar bazasining maqsadi;
• ushbu maqsadni amalga oshirish uchun toʻplash kerak boʻlgan ma’lumotlar;
• ma’lumotlarni ifodalashda foydalanish kerak boʻlgan
maydonlar.
Maydon — bitta, alohida ma’lumotlar boʻlagi. Masalan:
• ism;
• familiya;
• tugʻilgan sana
kabi ma’lumotlar bir nechta maydonlarga boʻlinadi. Manzil uchun nechta maydon
qoʻshish ixtiyoringizda. Lekin quyidagi maydonlarni kiritishingiz maqsadga muvofiq:
• uy raqamingiz;
• koʻcha nomi;