• 4-mashgʻulot
  • 7-mashgʻulot
  • Maktabgacha va




    Download 6,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/159
    Sana01.02.2024
    Hajmi6,45 Mb.
    #149906
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   159
    Bog'liq
    7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023

    Maslahat
    1-mashgʻulot
    Elektron jadvalingiz sizga dam olishga ketadigan kunlar sonini (7, 10 yoki 14), 
    kattalar va bolalarga sarflanadigan xarajatlar, shuningdek, ovqatlanish narxlarini 
    kiritish imkonini berishi kerak.
    2-mashgʻulot
    Yangi elektron jadval yarating va sizga kerakli ma’lumot yorliqlarini qo‘shing.
    3-mashgʻulot
    Formulalarni elektron jadvalingizga kiriting.
    4-mashgʻulot
    Elektron jadvalingizni maqsadga muvofiq formatlang. Oromgoh xarajatlari sizga 
    to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini ko‘rsatish uchun shartli formatlashni qo‘shing.
    5-mashgʻulot
    Oromgohda 10 000 000 so‘mdan ko‘p pul sarflamasdan necha kun tura olishingizni 
    aniq bilish uchun Goal Seek funksiyasidan foydalaning.
    6-mashgʻulot
    Elektron jadvalingiz ishlayotganini tekshiring. Joriy ma’lumotlarni sinab ko‘ring va 
    qiymatlarni o‘zgartirsangiz nima bo‘lishini aniqlang.
    7-mashgʻulot
    Elektron jadvalingizni baholang. Uning maqsadlarga qanchalik muvofiqligini 
    tekshiring. Elektron jadvalingiz qaysi amalni yaxshi bajarishi hamda uni qanday 
    qilib yanada yaxshilashingiz mumkinligini muhokama qiling.
    Oʻylab koʻring
    Quyidagi savollarning javobini daftaringizga yozing.
    1. Turli qiymatlarni sinash uchun kompyuterda modellashtirishdan foydalanish bu 
    qiymatlarni real hayotda sinab ko‘rishdan nimasi bilan afzal?
    @edurtm_uz


    97
    Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
    2. Elektron jadvalingizni yaratib bo‘lgach, nima uchun uni tekshirib ko‘rishingiz kerak?
    3. Nima uchun elektron jadvalingiz maqsadga muvofiqligini tekshirish muhim?
    4. Nima uchun elektron jadvalingiz birinchi marta to‘g‘ri ishlamasligi xavotirli emas?
    @edurtm_uz


    98
    Bu modulda quyidagilarni bilib olasiz:
    1
    Ma’lumotlar bazasi uchun maqsadni aniqlash
    2
    Maqsadli ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish, yaratish va rivojlantirish
    3
    Ma’lumot turlarini aniqlash
    4
    Ma’lumotlar bazasini tekshirish
    5
    Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash masalalaridan 
    xabardor boʻlish
    6
    Ma’lumotlarni turli dasturiy ta’minotlarga yuborish usullari
    Ma’lumotlar 
    bazasi nafaqat 
    kompyuterlarga, 
    balki ma’lumot 
    saqlashning har 
    qanday turiga 
    taalluqli.
    Hujjatlar 
    kabinetidagi 
    qogʻoz hujjatlar 
    hanuzgacha 
    maʻlumotlar bazasi 
    sifatida tanilgan.
    Bilasizmi?
    Ushbu modul orqali yakuniy loyihangizni bajarish jarayonida qoʻl keladigan yangi 
    koʻnikmalarni rivojlantirasiz. Yakuniy loyiha maktabda ijro etiladigan pyesa bilan 
    bogʻliq ma’lumotlarni saqlashga moʻljallangan ma’lumotlar bazasi yaratishdan iborat. 
    Siz pyesa chiptalari savdosiga mas’ulsiz va bu boradagi ma’lumotlarni saqlovchi 
    ma’lumotlar bazasi yaratishingiz kerak.
    Shuningdek, quyidagilarni oʻrganasiz: 

    Download 6,45 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   159




    Download 6,45 Mb.
    Pdf ko'rish