106
3.2-mashg‘ulot
2.1-mashg‘ulotdagi Flying High sport klubi uchun tanlagan maydonlaringizni
koʻrib chiqing. Har bir maydonning yoniga mos ma’lumot turini kiriting.
3.3-mashg‘ulot
2.2-mashg‘ulotdagi Ultimate League uchun tanlagan maydonlaringizni koʻrib
chiqing. Har bir maydonning yoniga mos ma’lumot turini kiriting.
Ma’lumotlar bazasi jadvalini yaratish
Microsoft Access — jadvallarni tuzish va ma’lumot topish uchun soʻrovlar yaratishga
imkon beruvchi dasturiy ta’minot. Ushbu modulda ma’lumotlar bazasini yaratish
uchun
Microsoft Access dasturidan foydalaniladi.
Jadval bitta element haqidagi barcha ma’lumotlarni saqlaydi. Birinchi qatorda maydon
nomlari beriladi, keyingi qatorda ma’lumotlar kiritiladi.
Yangi ma’lumotlar bazasini yaratish uchun:
1. Microsoft Access hujjati ochiladi.
2. Blank database buyrugʻi bosiladi.
3. Hujjatga yangi, maqsadga mos nom beriladi.
Yangi jadval yaratish uchun: