• Siddiqov Sirojiddin Shuhrat o‘g’li TDPU Pedagogika ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Annotatsiya
  • Annotation
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda




    Download 277.92 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana26.04.2024
    Hajmi277.92 Kb.
    #207525
    Bog'liq
    maktabgacha-yoshdagi-bolalarda-mayda-motorikani-rivojlantirishga-doir-o-yinlar 2



    - 99 -
    MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MAYDA 
    MOTORIKANI RIVOJLANTIRISHGA DOIR O‘YINLAR
    Altibaeva G 
    Termiz davlat universiteti “Maktabgacha 
    ta’lim metodikasi” kafedrasi 
    katta o‘qituvchisi
    Siddiqov Sirojiddin Shuhrat o‘g’li
    TDPU Pedagogika ta’lim yo‘nalishi 
    1-kurs talabasi
    Annotatsiya: Ush maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorikani 
    rivojlantirishga doir o‘yinlar haqida fikr yuritiladi.Shuningdek, mayda motorikani 
    rivojlantirishga doir o‘yinlarning mazmuni, mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlariga keng 
    to‘xtalib o‘tiladi.
    Annotation: This article discusses games for the development of fine motor skills 
    in children of preschool age. Also, the content, essence and specific features of games for 
    the development of fine motor skills are discussed in detail.
    Аннотaция: В данной стате рассматриваются игры для развития мелкой мо-
    торики у детей дошколного возраста. Также подробно рассмотрены содержание, 
    сущност и особенности игр для развития мелкой моторики.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning oliy majlisga 
    murojaatnomasida xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan 
    qamrab olish darajasini joriy yilda 60 foizga еtkazishimiz zarur. Ushbu maqsadlarga shu 
    yilning o‘zida byudjetdan qariyb 1,8 trillion so‘m mablag‘ ajratish, bu yildan boshlab, 
    tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinib, bunga 
    byudjetdan 130 milliard so‘m ajratilib, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim 
    muassasalari ham bevosita ishtirok etishni hamda 2020 yilda byudjetdan ajratiladigan 
    1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital 
    ta’mirlanishi, shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga 
    еtkazish belgilanganligi halqimizni ilm-ma’rifatli bo‘lishini nazarda tutdi.
    Ushbu islohatlarni amaliy holati maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish 
    orqali ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, 
    axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish yaratish, maktabgacha 
    ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli 
    tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng 
    qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish va shu orqali 
    bolalarda mayda matorikani rivojlantirishni nazarda tutadi.
    Ma’lumki, mayda motorika – bu bolalarni qo’l-oyoqlarining kaftlari va barmoqlari 
    bilan mayda va aniq harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Mayda motorika sohasi 
    o‘ziga xos hamiyatga ega bo‘lib u ko’p sonli va turli xil harakatlarni o’z ichiga oladi. 
    Masalan: oddiy harakatlardan tortib(masalan, o’yinchoqni,har xil detallarni ushlash) 
    murakkab harakatlargacha (yozish va rasm chizish kabi). Mayda motorikalar bola 


    - 100 -
    tug’ilgan paytidan boshlab rivojlana boshlaydi. Dastlab, go’dak o’z qo’llarini o’rganadi 
    va asta sekin ularni boshqarishga o’tadi. U buyumlarni butun kafti bilan ushlaydi, keyin 
    esa faqat ikkita(katti va ko’rsatkich) barmog’i bilan ularni ushlaydi. Shu orqali bolalar 
    dastlab o‘yinchoqlar, keyin qoshiq, qalam, mo’yqalam kabi buyumlarni tog’ri ushlashga 
    o’rgatiladi. Mayda motorikaning bola organizmidagi o‘rni va ahamiyati alohida sanaladi. 
    U bolalarni asab tizimi, ko’rish qobiliyati, diqqat e’tibor, xotira va idrok qilish kabi 
    organizm xususiyatlarini shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan 
    tashqari bolaning nutqini rivojlanishida ham mayda motorikanini ta’siri yuqori bo‘lib,
    dastlab bolaning tovushlarini shakllanishiga va nutkini o‘sishiga mativatsiya bo‘lib xizmat 
    qiladi. Mazkur sohaning bola rivojlanishidagi o‘rni haqida Davlat talablarida ham alohida 
    e’tibor qaratilgan. Davlat talablarining 1-sohasi “Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush 
    tarzining shakllanishi” bo‘lsa 2-qismida esa mayda motorika bo’yicha ko’rsatmalar 
    asoslab o‘tilgan.Unga muvofiq, 3-4 yoshli bolalarga qo’yiladigan talab quyidagicha: bola 
    qo’li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi. Kutilayotgan natijalar: bola xalqaga 
    arqonni kirg’izadi; mayda predmetlarni ma’lum bir tartibda taxlaydi; mustaqil ravishda
    o’yinchoqlarni qutiga joylashtiradi va undan oladi; kattalar yordamida yirik hajmdagi 
    munchoqlarni ipga o’tkazadi; buyumlarni bir idishdan ikkinchisiga joylashtiradi; 2-3 
    obyektdan rasm tuzadi; varaq sathida to’g’ri chiziqlar chizadi; harflara qiziqish bildiradi, 
    ayrim harflarni shaklini biladi va farqlaydi; yirik munchoqlarni teradi; yozishga harakat 
    qiladi. 4-5 yoshli bolalar: mustaqil tugmachalarni qadaydi va еchadi, kiyimi va poyabzali 
    ilgaklarini o’zi taqadi; namuna asosida ipga mayda, o’rta va yirik munchoqlarni teradi; 
    qulflarni ochadi va yopadi,kalitdan foydalanadi; mayda buyumlarni buraydi va bir biriga 
    ulaydi; konstruktorning katta va kichik qismlaridan har xil predmetlar yasaydi; namuna 
    asosida to’g’ri chiziq va aylana chizadi; rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va bo’yaydi;
    ko’rsatilgan chiziq bo’yicha qog’oz, mat ova salfetakni buklaydi; ko’rsatilgan chiziq 
    bo’ylab qaychi bilan qirqadi. 5-6 yoshda: yuzalarda turli chiziqlar chizadi; kichik va katta 
    o’yinchoqlarni qutiga hajmiga qarab joylashtiradi; murakkab konsturksiyalarni jamlaydi; 
    qopchadagi o’yinchoqlarni paypaslab nomini aytaoladi; to’g’ri chiziq bo’ylab qog’ozni 
    mustaqil qirqadi; chiziq,ilgak va gajakcha yozadi; qog’ozni turli usulda taxlaydi(origami); 
    namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi; barmoqlari yordamida mashqlar 
    bajaradi; rasmlarni tekis shtrixlaydi; turli sathlarda chizadi (namqumda, asfaltda, 
    doskada); soch o’radi, mozaika yig’adi. 6-7 yoshda: Tasavvurdagi predmetlarni qo’llari 
    bilan (gul,qush,kapalak) ko’rsatadi; arqonlardan turli tugunlarni tugadi; o’yin faoliyati 
    mobaynida mayda o’yinchoqlar bilan o’ynaydi; belgilangan chiziqlar bo’ylab qog’ozni 
    batartib yirtaoladi; mayda qismli mozaika va pazllarni yig’adi; (qo’l barmoqlari mayda 
    motorikasi) qog’ozda to’g’ri chiziqlar,so’zlar va qisqa gaplarni yozadi; daftardagi 
    yozuv qatorlaarini anglay oladi; rasmlarni to’g’ri joylashtiradi; qo’lni uzmasdan nuqta-
    chiziqlarni birlashtirib rasm chizadi; matodagi rasmni to’qiydi; “o’ziga” va “o’zidan” 
    harakatlari yo’nalishini tushunadi; turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi.
    Bolalarning mayda motorikasini rivojlantirish uchun ko’plab mashg’ulotlar, 
    o’yinlar va mashqlar mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: 
    barmoq o’yinlari, mayda buyumlar bilan bog’liq o’yinlar, shakl yasash va rasm chizish, 
    barmoqlarni massaj qilish. Mayda motorikani rivojlantirishning eng oddiy va samarali 


    - 101 -
    usuli bu kaftlarni massaj qilishdir. Bu usul har qanday yosh uchun eng oddiy va universal 
    usul hisoblanadi. Bunda bolaning kaftlarini silanadi va ularni massaj qilinadi. “Qog’oz 
    yirtish” usuli – bu mashq ko’proq 7 oylik bollarga to’g’ri keladi.Bolaga birnecha varaq 
    yumshoq rangli qog’oz beriladi, bola uni bajonidil ushlab ko’radi, qo’llarida aylantiradi 
    va yirtadi. Bu mashg’ulot bolga juda katta zavq bag’ishlaydi. “Sahifalarni varaqlash” 
    – bu usul 1 yoshdan so’ng qog’oz yirtishni rasmlari ko’p bo’lgan kitobcha yoki jurnal 
    sahifalarini varaqlashga almashtirish mumkin bo’ladi. Albatta bunda bolani ehtiyotkorlik 
    bilan bajarishga o’rgatish lozim. “Munchoqlar bilan ishlash” – bolalarga bu mashg’ulot 
    ya’ni mayda buyumlarni ushlash yoqadi va bu juda foydali. 
    Bunda bola turli o’lcham va shakldagi munchoqlari bor taqinchoqni o’ynashi 
    natijasida uning qo’l barmoqlari motorikasi rivojlanadi. Yormalarni bilan ishlash 
    – bunda biz kosachaga istalgan yormani solamiz va uni bolaga beramiz. U yormani 
    qo’li bilan ushlab ko’radi yoki barmoqlari orasidan to’kadi. Ushbu o’yin orqali 
    bolalarning mayda motorika va taktil hissiyotlari yaxshi rivojlanadi. “Qumda rasm 
    chizish” (pesochnaya terapiya) maxsus texnika vositasida bolalar maxsus idishda qum 
    sepiladi va bolaning barmoqchasini o’z qo’limizga olib, uni qum bo’ylab yuritamiz. 
    Rasm chizishni dastlab chiziq, to’g’ri burchak, doira kabi oddiy shakllardan boshlab, 
    ularni asta-sekinlik bilan murakkablashtirishimiz mumkin. Maxsus uskunadagi еtti xil 
    rang bolalar chizmasini еtti xilda ko‘rish imkonini beradi.Ushbu jarayon balalar qo‘l 
    matorikasi faoliyatini yaxshilash imkonini beradi. “Qopqoqlarni burab yopish” – bunda 
    bolalarga turli o’lchamdagi idishlar taklif etiladi, bankalar,butilkalarning qopqoqlarini 
    burab ochib-yopish kabi oddiy mashg’ulot barmoqlarning epchilligini rivojlantiradi. 
    Bolalarning mayda motorikasini rivojlantirishda samarali usullardan yana biri bu – 
    tugmani taqish,yechish,iplarni bog’lashdir. Bunda bolani kiyintirish jarayoniga jalb 
    etiladi va u tugmalari va bog’ichlarini o’zi taqsin va еchsin. Bu orqali nafaqat harakatlar 
    rivojlantiriladi, balki bolani mustaqillikka ham o’rgatiladi. Turli yoshdagi bolalarga mos 
    keluvchi mashg’ulotlardan biri bu – yumshoq narsalarga shakl berishdir. Ya’ni bunda 
    bolalar plastilin, loy, xamirdan turli narsalarni yasashlari mumkin. Bu orqali bolaning 
    mayda motorikasi bilan birgalikda uning bilish qobiliyalari,dunyoqarashi, fantaziyasi 
    ham rivojlanadi. Bu kabi mashg’ulotlarga biz applikatsiya,origami va sahnalashtirish 
    faoliyatlarini ham kiritishimiz mumkin. Rasm chizish va bo’yash – punktir chiziqlardan 
    iborat rasmlarning konturlari ustidan chizib chiqish hamda turli shakldagi obyektlarni 
    bo’yash juda foydali. Shuningdek vertical yuzalar – devor,doska,oynada chizish ham 
    foyda beradi.Mozaika va pazllarni yig’ish orqali ham bolaning motorikasi ham uning 
    tasavvurini mashq qildiriladi. Mayda motorikani rivojlantirish uchun mo’ljallangan 
    o’yinlar faqat kattalarning nazorati ostida olib borilishi hamda bunday mashqlarni 
    muntazam ravishda olib boorish orqali samarali natijaga erishishimiz mumkin. Ya’ni, 
    bolaning harakatlari ravon, aniq va o’zaro mutanosib bo’ladi. 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
    1. Юсупова П. Мактабгача тарбия педагогикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1993.
    2. Хасанбоева О.У. ва бошқ. Мактабгача таълим педагогикаси. –Т.: Илм зиё, 2006.
    3. Ш.А.Содиқова. Мактабгача педагогика. –Т.: Тафаккур сарчашмалари, 2013.

    Download 277.92 Kb.




    Download 277.92 Kb.
    Pdf ko'rish