Reyting dafatri nomeri
|
Familyasi
|
Ismi
|
Otasining ismi
|
Tug’ilgan sana
|
O’rtacha baho
|
654311
|
Avazov
|
Jamol
|
Aliyevich
|
1501197 9
|
4,78
|
545712
|
Ortiqov
|
Akram
|
Salimovich
|
0311197 8
|
4,61
|
|
|
|
|
|
|
Maydon nomi. MB jadvali ustunlariga beriladigan nomlarni bildiradi. Masalan, MBning ishchilar jadvali uchun maydon nomlari quyidagilar bo‘lishi mumkin: familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
Maydon turi (tipi). MB jadvali ustunlariga kiritiladigan ma‘lumotlar turlarini bildiradi. Masalan, raqam ―N‖ (chislovoy), simvol (simvolnыy), sana/vaqt (data/vremya), mantiqiy (logicheskiy).
Maydon o‟lchami (uzunligi). MB jadvali ustunlariga kiritiladigan ma‘lumotlarning maksimal uzunligi. Masalan, eng ko‘p belgilar sig‘imi.
Aniqlik, (son turidagi ma‘lumotlar uchun) haqiqiy son o‘nlik kasr qismining maksimal uzunligi.
YOzuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami bo‘lib, MB jadvali qatoridir.
Fayl (jadval) - bu bir xil tuzilmaga ega yozuv nusxalari to‘plami. Kalit. Kalit yozuv nusxasini bir qiymatli aniqlash uchun xizmat qiladi.
Kalit bir yoki bir necha maydonni o‘z tarkibiga olishi mumkin. Agar kalit faqat bir maydondan iborat bo‘lsa, oddiy deb, aks holda, u tarkibiy kalit deb ataladi. Jadvalda STUDENT faylining mantiqiy strukturasi keltirilgan
Tarmoqli model. Turli predmet sohalari uchun ma‘lumotlarning tarmoqli modeli iyerarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi.
Ko‘plab predmet sohalarining malumotlari o‘rtasidagi aloqalar tarmoqli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tarmoqi modellar, ma‘lumotlarning iyerarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi.
Tarmoqli MBda yozuvlar va ular orasidagi bog‘lanishlar tashkil topgan, ya‘ni yanada aniqrog‘i MB strukturasining har bir tipidagi nusxalar to‘plamidagi yozuvlar turi to‘plami va berilgan aloqa turlari to‘plamidagi har bir turdagi nusxalar to‘plamuni tashkil qiladi.
Ma‘lumotlarning relyatsion modeli birinchi bor 1970 yilda ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilishga xizmat qiladi.
Ma‘lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba‘zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. CHunki jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Ma'lumotlar bazasi –bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bo’lib u ko’rilayotgan ob'yektlarni xususiyatini, holatini va ob'yektlar ortasidagi munosabatni ma'lum sohada tavsiflaydi.
Ma’lumotlar bazasini (MB) yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olish zarur:
Ma'lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’lik bo’lmasligi lozim, ya'ni
MBga yangi ma'lumotlarni kiritganda yoki ma'lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
MB dagi kerakli ma'lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga xojat qolmasin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) quyidagicha tavsiflanadi:
Bajarilishlik, tizim foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan muloqotga kirishishi kerak;
Minimal takrorlanishlik–MBdagi ma'lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma'lumotlarni izlash susayadi;
Yaxlitlik-axborotni MBda saqlash iloji boricha ma'lumotlar orasidagi bog’liklikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao;
Xavfsizlik-MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli ximoya qilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma'lumotlarga qira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin;
Migratsiya –ba'zi bir ma'lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi. Shuning uchun ma'lumotlarni tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma'lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin.
Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari:
Ierarxik model daraxtsimon graf ko`rinishida berilib, unda ob`ektlar bog`langan satx (ierarxik) ko`rinishida ajratiladi.
Ushbu model ma`lum qoida asosida quriladi. Bu qoidaga muvofik har bir xosil qilingan tugun (uzel) faqat bir kirishga ega bo`ladi. Strukturada fakat bitta hosil qilinmagan tugun bo`lishi mumkin. Bu tugun ushbu modelning
|