Ma‘lumotlar bazasi fanidan Mustaqil ish Guruh: 063-21 Bajardi: Olimjonova Fazilat




Download 483.79 Kb.
bet1/4
Sana16.01.2024
Hajmi483.79 Kb.
#139079
  1   2   3   4
Bog'liq
ORACLE ma\'lumotlar bazasi
Qayta tiklovchi energiya manbalari, 14-Amaliy ish, 15-Amaliy ish, A Method on Multimedia Service Traffic Monitoring (2), 1-amaliy ish, 5- variant, amaliy ish -7, 3-labaratoriya ish, 1-labaratoriya ish, Hesh jadvallari va funksiyalari, Ma‘lumotlar tuzilmasi va algoritmlar, 1111, 1711389408, Affin Sezar shifrlash algoritmi



Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Ma‘lumotlar bazasi fanidan

Mustaqil ish



Guruh: 063-21
Bajardi: Olimjonova Fazilat
Mavzu: ORACLE ma'lumotlar bazasi

Reja:
Kirish qism


Ma’lumotlar bazasi haqida umumiy tushuncha.
Asosiy qism:
1.ORACLE ma’lumotlar bazasi nima?
2. Oracle ma'lumotlar bazasi tarixi.
3. ORACLE qanday ishlaydi?
4. Oracle qanday vositalardan foydalanadi?
5. Oracle xususiyatlari
Foydalanilgan adabiyotlar
Xulosa

Kirish qism

Ma'lumotlar bazasi – bu serverda joylashgan bir yoki bir necha


fayllardan tashkil topgan, shu serverga yig'iladigan va so'rovlar orqali nazorat qilib
boriladigan ma'lumotlardir. Ma'lumotlar bazasi mantiqiy va jismoniy ko'rinishda
bo'lishi mumkin. Mantiqiy ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasining asosini jadvallar
tashkil etadi. Jadvallar ustun va qatorlardan tashkil topgan bo'lib, ular birlashgan
joy(yacheyka) da ma'lumotlarni saqlaydi. Bu ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasi "
реляционная база данных " deyiladi. Baza eng kamida jadvaldan tashkil topgan
bo'lishi shart, bu shart ma'lumotlar bazasi mavjud bo'lishning eng minimum
shartidir.
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli
axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rolь
o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik
o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga
majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining
eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr
taqozasidir.
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli
ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday

tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har


bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol
yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi
ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu
qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi
ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni
tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi.
Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq
zarur: Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi
lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror
programma tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal
qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz,
ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda
aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha
tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi.
Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.

Download 483.79 Kb.
  1   2   3   4




Download 483.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma‘lumotlar bazasi fanidan Mustaqil ish Guruh: 063-21 Bajardi: Olimjonova Fazilat

Download 483.79 Kb.