|
MS Excel elektron jadvalidagi ma`lumotlarni
|
bet | 23/80 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 2,76 Mb. | | #108480 |
Bog'liq 1-10MS Excel elektron jadvalidagi ma`lumotlarni
import qilish.
MS Access MBga ma`lumotlarni import qilish yoki MBdagi ma`lumotlarni eksport qilishda “Vneshniye dannye” (“Tashqi ma`lumotlar”) ilovasidan foydalaniladi.
- MS Excel elektron jadvalini import qilish. MS Excel elektron jadvalidagi ma`lumotlarni import qilishda jadval yoki uning qismidan nusxa olinib, MS Acces jadvaliga qo’yiladi; MS Excel varog’i import qilinadi; MS Excel varog’i bilan bog’liqlik hosil qilinadi. Tugma bosilganda ma`lumotlarni import qilish turlari taklif qilinadi.
1.“Importirovat dannye istochnika v novuyu tablitsu v tekuщYey baze dannx” (“Manbadagi ma`lumotlarni joriy MBning yangi jadvaliga import qilish”) – MS Excel varog’idagi ma`lumotlarni MS Access ma`lumotlar bazasining yangi jadvaliga import qilish uchun ishlatiladi. Bir vaqtning o’zida MS Excelning faqat bitta varog’ini import qilish mumkin. Qolgan varoqlarini import qilishda shu jarayon takrorlanadi.
MS Excel elektron jadvalidan quyidagi ketma-ketlik bo’yicha ma`lumotlar import qilinadi:
§ “Vneshniye dannye” (“Tashqi ma`lumotlar”) ilovasidagi - MS Excel elektron jadvalini import qilish tugmasi bosiladi;
§ Import qilinadigan varoq tanlanadi;
§ Javalning birincha qatori sarlavha qatori ekanligi belgilanadi (tanlanmasa yoki maydon nomi talablarga javob bermasa MS Access mustaqil ravishda maydon nomlarini qo’yadi);
§ Import qilinadigan maydonlar, MS Excel elektron jadvalidan kelib chiqqan holda uning nomi va turi ko’rsatiladi. Ularni o’zimizga moslab, o’zgartira olamiz;
§ Keyingi qadamda kalit maydonni qo’shish (biror maydonni kalit maydon sifatida olish, kalit maydonni qo’shmaslik) so’raladi;
§ Yangi jadvalga nom berib uni saqlaymiz.
|
MS Exceldan import qilinayotgan elektron jadval ustunlari soni 255 tadan oshmasligi kerak. Agar birlashtirilgan yacheykalar mavjud bo’lsa, uning qiymati chap tomondagi maydonga o’zlashtiriladi va qolgan maydonlar qiymati bo’shligicha qoladi. Grafik elementlar import qilinmaydi.
|
Agar import qilish jarayonida MS Excelning ayrim ustunlarda MBning maydon turiga mos bo’lmagan qiymatlar mavjud bo’lsa, uholda yozuvning ushbu maydoni bo’sh qoldiriladi. Xatolik nomi, xatolik ro’y bergan ustun nomi va qatorning tartib raqamini o’zida saqlagan jadval hosil bo’ladi.
Bu xatoliklarni import qilingan jadvalda to’g’rilaymiz. MS Excelda to’g’rilab qayta import qilishimiz ham mumkin. Albatta bu holatda avval import qilingan jadvalni o’chirishni unutmasligimiz kerak.
MS Exceldan yacheykalar oralig’ini import qilish imkoni mavjud. Buning uchun quyidagi amallar ketma-ket bajariladi:
|
| |