|
Ma’lumotlar ombori tushunchasi va uni tashkil etuvchilari. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha
|
bet | 37/80 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 2,76 Mb. | | #108480 |
Bog'liq 1-1013-Mavzu Accesda formalar bilan ishlash. Formani aks ettirish.
1. Accesda formalar bilan ishlash.
2. Formani aks ettirish.
3. Diagrammani tayyorlashning birinchi oynasi
Ko‘rsatilgan holatlarni o‘zgartirish Вид menyusi buyruqlari yordamida yoki uskunalar panelidagi holatlar nomlari ro‘yxatini ochuvchi Вид tugmasi yordamida amalga oshiriladi.
Konstruktor holati. formalarning konstruktor holati Вид menyusining Конструктор buyrug‘i yordamida o‘rnatiladi va formalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan.
Forma holati. Вид menyusining Режим формы buyrug‘i formalarning ishchi ko‘rinishini o‘rnatadi. Bu holatda foydalanuvchi forma yaratilgan jadvalda qo‘shish, o‘chirish, yangilash va ma’lumotlarni aks ettirish ishlarini bajarishi mumkin. Ma’lumotlar yozuvlar bo‘yicha (faqat bitta yozuv ma’lumotlari ko‘rinadi) yoki jadval ko‘rinishida (ekranda bir nechta yozub paydo bo‘ladi) aks ettiriladi. Yozuvlar bo‘uich tasvirlashni ma’lumotlarni qo‘shish va o‘zgartirish uchun ishlatish tavsiya etiladi.
Jadval holati. Formalarni jadval holatida tasvirlash Вид menyusining Режим таблицы buyrug‘i yordamida analga oshiriladi. Bu holatda foydalanuvchi bir paytda bir nechta boshqaruv elementlarisiz formatlanmagan yozuvlarni ko‘rishi mumkin. Jadval holatida tasvirlangan forma har doim ham forma uchun asos bo‘lgan jadval bilan bir xil bo‘lmaydi. Maydonlarning formada va joriy jadvalda joylashish tartibi farq qilishi mumkin.
Formadagi yozuvlarni ko‘rish forma oynasining pastki qismida joylashgan strelkali tugmalar hamda [PageUp] va [PageDown] tugmalari yordamida amalga oshiriladi. Aktivlashtirilgan maydon tashkil qiluvchilari belgilanadi. Forma maydonlarini tashkil etuvchilarini almashtirish mumkin bo‘lgan tahrirlash holati [F2] tugmasini bosish yordamida o‘rnatiladi. Maydon tashkil etuvchilari o‘zgartirilganda forma oynasining belgilash ustunida qalam tasviri paydo bo‘ladi.
Formaga yangi yozuvlar kiritish mumkin. Buning uchun Записи menyusining Ввод данных buyrug‘i mo‘ljallangan. Uni ishga tushirganda yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bo‘sh yozuv paydo bo‘ladi. Formadan yozuvlarni o‘chirish [Delete] tugmasi yordamida amalga oshiriladi. O‘chiriladigan yozuv belgilanishi hart. Buning uchun belgilash ustunida sichqonni bosish etarli. Yozuvlarni belgilash ustunidan tashqarida sichqonni bosish bilan bekor qilinadi. Belgilangan yozuvlar Правка menyusining Вырезать и Копировать buyrug‘i yordamida almashish buferiga olib qo‘yilishi mumkin. Formalarda izlash va almashtirish amallarini bajarish mumkin.
|
| |