|
Ma’lumotlar. Rеjа
|
bet | 25/62 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 442,03 Kb. | | #263676 |
Bog'liq Ma’lumotlar. Rеjа (1)Tаyanch so‘zlаr: bir qiymаtli o‘lchоv, ko‘p qiymаtli o‘lchоv, o‘lchоvlаr to‘plаmi, stаndаrt nаmunа, nаmunаviy mоddа, etаlоn, qаrshiliklаr mаgаzini, dielеktrik isrоf.
O’lchovlar, ularning turlari.
O’lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o’lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensator va shu kabilarni o’lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin.
O’lchovlar o’zgarmas va o’zgaruvchan qiymatli qilib ishlanadi. Qarshiligi
0.1 Ω bo’lgan g‘altak – o’zgarmas qiymatli o’lchov, har xil sig‘imni olishga imkon beruvchi o’zgaruvchan sig’imli kondensator esa o’zgaruvchan o’lchovdir.
O’lchovlar bir qiymatli (tarozi toshi, normal element, o’lchash kolbasi), ko’p qiymatli (o’zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo’lingan chizg’ich) turlarga bo’linadi. Ba’zan o’lchovlar to’plamidan ham foydalaniladi. O’lchovlar to’plami bir qiymatli o’lchovlarining yig’ilmasidan iborat bo’ladi va bu yig’ilmadagi o’lchovlarning har biri alohida bir - biriga bog’liq bo’lmagan holda ishlatilib o’lchovlar to’plamini tashkil etadi. Masalan, tarozi toshlar to’plami.
Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o’lchovlar turkumiga kiradi.
Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o’lchov sanaladi. Masalan, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo’ladigan va aniq xossalarga ega bo’lgan modda sanaladi. Masalan, “toza suv”, “toza metall” va
h. k.
O’lchovlar ularning aniqligiga, ishlatilishiga ko’ra etalon, namunaviy va ishchi o’lchovlarga bo’linadi.
Fizik kattalik birligini yuqori aniqlik bilan boshqa (quyi tabaqa) o’lchash vositalariga uzatish maqsadida uni qayta hosil qiladigan va saqlash uchun mo’ljallangan o’lchash vositasi birlik etaloni deyiladi.
Davlat etaloni deganda, vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O’zbekiston Respublikasi xududida o’lchash birligining o’lchash sifatida e’tirof etilgan etaloni tushuniladi.
|
| |