|
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar 13-ma’ruza: Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmasi
|
bet | 3/4 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,37 Mb. | | #121659 |
Bog'liq 13- mavzu Daraxtsimon ma’lumotlar tuzilmalari. (6) Binar daraxt – har bir tugunga ikkitadan ko’p bo’lmagan tugunlar bog’langan tartiblangan daraxt. Binar daraxt tushunchasi Umumiy holda binar daraxtning har bir elementi (tuguni) to’rtta maydonga ega yozuvdan tashkil topgan bo’ladi. Binar daraxt tushunchasi - Shuni esda tutish lozimki, binar daraxt hosil qilinayotganda, otaga nisbatan chap tomondagi o’g’il qiymati kichik, o’ng tomondagi o’g’il qiymati katta bo’lishi lozim.
Masalan, quyidagi kalitli elementlardan binar daraxt quramiz: {50, 46, 61, 48, 29, 55, 79}. U quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: Muvozanatlashgan binar daraxt - Ta’rif: Agar daraxtning o’ng va chap qism daraxtlari bosqichlari va tugunlari soni teng bo’lsa, u holda bunday binar daraxt ideal muvozanatlashgan daraxt deyiladi.
- Ta’rif: Agar daraxtning o’ng va chap qism daraxtlari bosqichlari orasidagi farq birdan katta bo’lmasa, u holda bunday binar daraxt muvozanatlashgan daraxt deyiladi. Masalan,
Daraxtni binar daraxt ko’rinishida tasvirlash Ko’p o’lchamli daraxtni binar ko’rinishga keltirishning noformal algoritmi: - Daraxtning xar bir tugunida katta o’g’ilga mos chetki chap shoxidan tashqari barcha shoxlari kesib tashlanadi.
- Bitta otaga barcha o’g’illari gorizontal chiziq bilan ulanadi.
- Hosil qilingan tuzilmaning har bir tugunida katta o’g’il mazkur tugun pastida turgan tugun xisoblanadi (agar u mavjud bo’lsa).
Daraxtni binar daraxt ko’rinishida tasvirlash Daraxtlar ustida bajariladigan amallar - daraxtni aylanib o’tish (daraxtda o’tish) (bunda, asosan, tugunlarni chop etish tushuniladi);
- daraxtga yangi tugun qo’yish;
- daraxt tugunini o’chirish;
- daraxt tugunini qidirish.
|
| |