|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 12/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biProyeksiya (kartalar) – bu mavzuli model boʻlib, kartada yerning ustki qatlami har bir nuqtalarini loyihalashga koʻmaklashadi. Proyeksiya koʻrinishini tanlashdan qat’i nazar, shu kartadagi vizual tasvir har xil boʻladi. Har bir proyeksiya parametr toʻplami bilan, proyeksiyalar oʻrtasidagi farq har xil koordinata turlari bilan belgilanadi.
GATni ta’riflashning yana bir usuli toʻgʻrisida ma’lumot Marbl va Pikue (Marble & Pequet, 1983) tomonidan berilgan. Bunga koʻra, GATning oʻzi ham tizimlarga boʻlinadi va ular quyidagilar:
Ma’lumotlarni toʻplash tizimi. Bu tizimda ma’lumotlar turli xil manbalardan olinadi va boshlangʻich qayta ishlov amalga oshiriladi. Bu tizimning asosiy vazifasi turli xil fazoviy ma’lumotlarni oʻzgartirish (rastr koʻrinishdan vektor koʻrinishiga keltirish) dan iboratdir.
Ma’lumotlarni saqlash va ajratish tizimi. Tizimning asosiy vazifasi fazoviy ma’lumotlarni ajratish, yangilash va tahrir qilishdan iborat.
Ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish tizimi. Bunda turli masalalarni hal qilish uchun ma’lumotlar guruhlanadi, ajratiladi va modellashtiriladi.
Ma’lumotni chiqarish tizimi. Toʻliq yoki qisman ma’lumotlar bazasi jadval, diagramma yoki karta koʻrinishida tasvirlanib, bosmaga chiqariladi yoki foydalanuvchining talabiga koʻra elektron yoki qogʻozli ma’lumot koʻrinishida beriladi.
Yuqoridagi toʻrtta tizim GATning ajralmas va amalga oshirilishi shart boʻlgan muhim tizimlaridir. Barcha jarayonlar mana shu tizim ichida amalga oshiriladi va bunda ham, albatta, inson omili juda muhim rol oʻynaydi.
Geoaxborot tizimida geofazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda uning besh tarkibiy qismi yoki komponentlari muhim sanaladi. Bu kompyuter tizimi, dasturiy
ta’minot, insoniy resurslar, ma’lumot, tahliliy jarayonlar va zaruriy infratuzilmalardir.
1.5-rasm. Geoaxborot tizimining muhim tizimlari (Manba: Muallif)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|