• Raqamlashtirish
  • Relyefning raqamli modeli
  • V e k t o r f o r m at
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9,82 Mb.
    bet9/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Skanerlash (scanning) – skaner yordamida analog (oddiy yoki qogʻoz) tasvirni raqamli rastr formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va kartografik ma’lumotlarni vektor koʻrinishga keltirish uchun kerakli boʻlgan bosqichlar amalga oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli videokamera, fotoapparat va grafoqurilma (plotter) kabi moslamalar ham qoʻllanilishi mumkin.
    Raqamlashtirish (digitizing) – analog ma’lumotlarni kompyuter tizimida saqlay olinadigan raqamli koʻrinishga keltirish jarayoni. Raqamlashtirishda digitayzer (raqamlovchi), GATdagi dasturiy ta’minotlar, skanerlar va boshqa raqamlovchi qurilmalar qoʻllaniladi.
    Joyning raqamli modeli (Digital Terrain Model – DTM) – boshqacha aytganda, joyning matematik modeli. Bu model topografik karta va planlar turkumiga mos keladigan fazoviy obyektlarning raqamli koʻrinishini tasvirlaydi. Kelgusida bu modellar raqamli topografik kartalarni ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi.
    Relyefning raqamli modeli (Digital Terrain Model – DTM; Digital Elevation Model – DEM). Ushbu model ingliz tilida Digital Terrain Elevation Data (DTED) deb yuritilib, bu modelda asosan fazoviy obyektlar relyeflarining uch oʻlchamli koʻrinishi balandlik belgilari (otmetka), chuqurlik belgilari, koordinatalari, gorizontallar va konturlarning yigʻindisini hisobga olib aks ettiriladi. Relyefni raqamlashtirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu rastr tasvirlash va triangulatsiyalangan tarmoq hamda koʻp qirrali yuzaning taxminiy relyefini balandlik otmetkalari boʻyicha bogʻlangan tarzda tasvirlashdir. DEM yaratish uchun topografik kartalar, aero- va kosmik tasvirlar, sun’iy yoʻldosh ma’lumotlari, nivelirlash ma’lumotlari asos boʻlib xizmat qiladi.
    Vektor format deganda kartografik axborotlarni yoʻnalishi va uzunligiga ega boʻlgan vektor koʻrinishda tasvirlash tushuniladi.

    Download 9,82 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9,82 Mb.