|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 6/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biGeomatika – bu informatsion texnologiyalar, multimedia va tele- kommunikatsiya vositalarini ma’lumotlar qayta ishlovida, geotizim tahlilida, avtomatlashgan kartografiyada qoʻllanilishining yigʻindisi hisoblanadi va mazkur atama geoinformatika yoki geoinformatsion kartografiyalash sifatida ham qoʻllaniladi.
Raqamli yuza (qatlam, mavzu) deb ma’lum bir hudud chegarasidagi va koordinata sistemasidagi qatlamlar toʻplami uchun umumiy boʻlgan bir sinfdagi obyektlarga tegishli bir turdagi fazoviy obyektlar oilasiga aytiladi.
Aerofototasvir (aerial photograph, aerial photo) – uchish apparatlari yordamida koʻrinadigan va yashirin obyektlar, hodisalar, jarayonlarni deshifrlash va oʻlchash orqali olingan yer yuzasining ikki oʻlchamli fototasviridir. Rasmga tushirish balandligiga qarab yirik masshtabli, oʻrta masshtabli va kichik masshtabli tasvirlar olinadi.
Agar rasmga tushirish vertikal oʻqiga nisbatan qiyalanish yoʻl qoʻyiladigan darajada boʻlsa, planli aerofototasvir (vertical aerial photograph), agar oʻqning yoʻl qoʻyilgan qiyaligidan chiqib ketsa, perspektiv aerofototasvir (perspective aerial photograph) olinadi. Fotoplyonka turiga qarab esa oq-qora yoki monoxrom tasvirlar, rangli tasvirlar (colour aerial photograph), spektrozonal tasvirlar (false colour composite) olinadi. Fotoplyonkadan bosmaga chiqarish turiga qarab kontaktli (contact print), kattalashtirilgan (enlargement print) aerofototasvirlar olinadi. Umumiy holatda aerofototasvirlar 2 xil koʻrinishda: yakka turdagi (single photograph, single lens photograph) va stereoskopik (stereoscopic photograph) boʻladi. Stereoskopik tasvir maxsus stereoskopik asboblar yordamida va kompyuter ekranida uch oʻlchamli tasvirlash jarayonida joyning haqiqiy uch oʻlchamli tasvir koʻrinishini ta’minlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|