|
Geoaxborot tizimining umumiy tushunchalari
|
bet | 4/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi
Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, shaharlar, yoʻllar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam beradi. Hozirda bu tizimni insoniyat faoliyati va dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlar, voqea-hodisalarni tasvirlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni tushunish uchun qoʻllab kelmoqdalar. Kartalar orqali tasvirlab berilgan tahliliy muammolar insonga har xil sonlar, diagrammalardan koʻra vizual ravishda samaraliroq tushunishga yordam bermoqda. Buning sababi, hozirda GAT orqali vizual koʻrinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda koʻplab usullardan foydalanilmoqda. Bu usullar jumlasiga turli ranglar, uch oʻlchamli koʻrinishlar, vektorli tasvirlash kiradi va bu, oʻz navbatida, matnlar yoki sonlar orqali tushunish qiyin boʻlgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik tizimlar turkumidan boʻlsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sogʻliqni saqlash sohalarida ham keng qoʻllanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining ilmiy asoslari keng koʻlamda oʻrganilmoqda va endilikda kartalar orqali tasvirlash geografik bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi. Agar biron-bir sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga kirishadigan boʻlsak, endilikda darhol oʻsha muammoning raqamli kartasini ishlab chiqishimiz , muammoning koʻlamini baholash orqali yechimlar izlashimiz va shunga yarasha qarorlar qabul qilishimiz mumkin boʻladi.
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan atamalar
Ushbu oʻquv qoʻllanmada GATda qoʻllaniladigan ba’zi atamalar keltirib oʻtiladi va foydalanuvchiga tushunarli boʻlishi uchun quyida ularning ma’nolari va qisqartmalari toʻgʻrisida bir qator ma’lumotlar beramiz.
Karta (ingl. map, chart; grek. chartes – varaq ma’nosini bildiradi) yer yuzi va uning ayrim katta qismining sferik yuzasiga tushirilgan proyeksiyasining qogʻozdagi kichraytirilgan tasviridir. Karta ma’lum kartografik proyeksiya yoki zonal tizimdagi toʻgʻri burchakli koordinatada tuziladi.
|
| |