|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 7/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biMa’lumotlar bazasi – MB (database) – bu aniq qoidalar asosida tashkil etilgan hamda tasvirlash, saqlash va boshqarishning umumiy tamoyillariga amal qiladigan ma’lumotlar jamlanmasidir. Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni saqlash qoidalari xavfsizlik standartlariga va butunligiga amal qilgan holda markazlashgan boshqaruv asosida tashkil etiladi. Bunday tizimda ma’lumotlarning bir-biriga qarama-qarshiligi va takrorlanishining oldi olinadi. MB ni yaratish va undan ma’lumotlarni olish tizimi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) yordamida amalga oshiriladi. MB bir yoki bir nechta kompyuterlarga oʻrnatilishi mumkin hamda ma’lumotlarni olish va qayta joylashtirish oʻzaro bir yoki bir nechta kompyuterlar oʻrtasida amalga oshiriladi. GATda asosan fazoviy ma’lumotlar saqlanganligi bois bu tizim (MB) ning boshqacha nomi Fazoviy ma’lumotlar bazasi (Spatial database) deb ataladi.
Vektorlashtiruvchi (vectorizer) – fazoviy ma’lumotlarni rastr formatdan vektor formatga oʻtkazuvchi dasturiy vositadir.
Kartometriya (cartometry) – karta boʻyicha oʻlchash. Kartometrik koʻrsatkichlar bir necha xil boʻlishi mumkin, jumladan: uzunlik va masofa boʻyicha, maydon boʻyicha, hajm boʻyicha, burchak va burchak kattaliklari boʻyicha. Mavzuli kartalar boʻyicha oʻlchash va hisoblash ishlari maxsus boʻlimlar – mavzuli kartometriya va morfometriyada olib boriladi.
Obyekt – geoelement deb ataluvchi va oʻzida geometriya va matematikani qamrab olgan fazoviy elementning belgisi. Har bir obyekt obyektlar sinfiga tegishli boʻladi.
Raqamlashtirish – bu qogʻoz kartadagi ma’lumotlarni kompyuter fayliga aylantirish jarayonidir.
Alohida moslamalar (peripherals, peripheral, peripheral devices, peripheral equipment, peripheral unit) – tashqi moslama, apparat ta’minotining tarkibiy qismi boʻlib, asosiy kompyuter blokidan ajralgan holatda boʻladi. Alohida moslamalarning asosiy vazifasi bu GATdagi ma’lumotlarni tayyorlash, kiritish, saqlash, boshqarish, himoya qilish, tasvirlash va aloqa kanallari orqali uzatishdan iborat. Alohida moslamalar turkumiga raqamlovchi skanerlarni, moslamalar guruhiga esa grafoqurilma, printerlar, monitor va boshqa qurilmalarni kiritish mumkin. Saqlash va arxivlash vositalariga tashqi diskovodlar, strimmerlar, modem va muntazam quvvat ta’minoti (UPS) ni kiritish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|