Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9,82 Mb.
bet122/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Nazorat savollari


  1. Oʻzbekistonda milliy geografik axborot tizimini yaratish uchun asos boʻladigan hujjatlarni sanab bering.

  2. DKYT va MGATning bir-biridan oʻzaro farqi nimada deb oʻylaysiz?

  3. DKYTda mavjud davlat kadastrlarini sanab bering.

  4. Elektron hukumat nima?

  5. Elektron hukumat va MGATning oʻzaro bogʻliqligi qanday namoyon boʻladi?

  6. GAT tizimini yanada rivojlantirish uchun Ozbekistonda qanday investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda?

  7. Axborot xavfsizligi deganda nimani tushunasiz?

  8. Axborot maxfiyligi GATning qaysi sohalarida amal qilinishi zarur?

  9. MGAT nima?

  10. MGATni amalga oshirish qaysi yillarga moʻljallangan?

  11. MGATni Oʻzbekistonda amalga oshirishning afzalligi nimalardan iborat?

  12. MGATda bazaviy ma’lumotlar sifatida qanday ma’lumotlar kiritilishi zarur?

  13. MGATning asosiy komponentlari toʻgʻrisidagi xulosangizni aytib bering.

  14. GATda standartlashtirish nima va u nima uchun zarur?

  15. MGATda standartlashtirish nima uchun kerak?

  16. Fazoviy ma’lumotlar standartlari nechta kategoriyaga boʻlinadi va ular qaysilar?

  17. Xalqaro standartlashtirish tashkilotida GAT standartlarining umumiy kodi qanaqa?

  18. GAT standartlarini yaratish jarayonlari necha fazadan iborat?

  19. GAT standartlarini yaratish jarayonlarini aytib bering.




  1. bob. GEOAXBOROT TIZIMINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI





    1. Geoportallar va internetga asoslangan tizim

Hozirgi paytda internet tarmogʻidan millionlab insonlar foydalanishmoqda. Bu, oʻz navbatida, veb-sahifada multimedia geotasvirlashning yangi koʻrinishlarini yaratishni taqozo etadi. Internet bu millionlab kompyuterlarni birlashtiruvchi ulkan aloqa tarmogʻidir. Oxirgi yillarda internet faoliyatining oʻsishi ulkan axborot oqimiga ega boʻlgan ma’lumotlarni yagona manbaga birlashtirishga olib keldi.
Multimedia turli xil ma’lumotlarni oʻzida saqlovchi va yaxshilangan koʻrinishda tasvirlovchi texnologiyadir. Texnologiyani qoʻllagan holda tasvirlanadigan ma’lumotlar jumlasiga matn, grafiklar, giperlinklar, tasvirlar, ovozlar, raqamli va analog video hamda animatsiyalar kiradi.
Mobillashgan GAT geoaxborot tizimi imkoniyatlarini ofis muhitidan dala sharoitiga kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil GAT dala sharoitida geografik ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, yangilash,tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bu usul orqali real vaqt oraligʻida geografik ma’lumotlarni olish mumkin.
Geoportallar. Geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga geoma’lumotlar koʻlami ham kengayib bormoqda va shu oʻrinda ma’lumotlarga boʻlgan egalik huquqi, ochiq yoki bepul ma’lumotlar, pullik ma’lumotlar kabi tushunchalar paydo boʻla boshladi. Bugungi kunga kelib geoma’lumotlar birmuncha vaqt davomida pullik xizmat asosida berilayotgan boʻlsa, oʻz muddatini oʻtab boʻlganidan soʻng keng omma uchun ochiq holda berilmoqda. Chunki bunda ma’lumotlar eskirib, yangi ma’lumotlarni ishlab chiqish zaruriyati paydo boʻladi. Bu borada hozirda keng ravishda qoʻllanilayotgan geoportallarning oʻrni juda muhimdir. Chunki bunday portal internet tarmogʻiga asoslangan boʻlib, foydalanuvchi istalgan yerdan turib internet tarmogʻiga ulangan holda oʻzini qiziqtirgan ma’lumotlarni olishi mumkin boʻlmoqda.

Download 9,82 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9,82 Mb.