|
Geoaxborot tizimiga oid standartlar turlari
|
bet | 120/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Geoaxborot tizimiga oid standartlar turlari
Yuqorida ta’kidlanganidek, geoinformatika sohasidagi yangi standartlarni yaratish bilan shugʻullanuvchi ISO tashkilotidagi maxsus qoʻmita, ya’ni ISO/TC 211 Geographic Information/Geomatics bir necha standartlarni ishlab chiqqan va ushbu boʻlimda ular haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.
ISO/TS 19130-2:2014: Geographic information - Imagery sensor models for geopositioning - Part 2 (SAR, InSAR, Lidar, Sonar). Ushbu standart sun’iy yoʻldoshlarga oʻrnatilgan sensorlar modelini tavsiflaydi va sintetik diafragmali radar (SAR), interferometrli SAR, yorugʻlik aniqlovchi va tarqatuvchi radar (LIDAR) va boshqa radarlar sun’iy yoʻldoshlar, shuningdek, aerotriangulatsiya va aerofotoapparatlar orqali olingan suratlar uchun metama’lumotlarni tavsiflaydi.
ISO 19157:2013: Geographic information - Data quality. Ushbu standart geografik ma’lumot sifatlarini tavsiflash uchun tamoyillarni belgilaydi. Bunda ma’lumotlar sifatini baholash mezonlari, tarkibi va jarayonlarini aniqlab beradi.
ISO 19115-1:2014: Geographic information – Metadata - Part 1.. Ushbu standart geografik ma’lumot va xizmatlarni metama’lumot asosida tavsiflaydi. Bunda identifikatsiya, oʻlchami, sifati, fazoviy-vaqtli jihatlari, mazmuni, koordinatalari, tasviriy ma’lumotlari, tarqatilishi va boshqa xususiyatlari toʻgʻrisida axborot beradi.
ISO 19153:2014: Geospatial Digital Rights Management Reference Model (GeoDRM RM). Ushbu standart raqamli ma’lumotlar bozoridagi boshqa ma’lumotlar, rasm, musiqa va boshqa mediama’lumotlarga oʻxshab raqamli huquqni beradi. Bunda ushbu huquq asosida geoma’lumotni turli geoportallarga joylashtirish mumkin boʻladi.
ISO 19145:2013: Geographic information - Registry of representations of geographic point location. Ushbu standart geografik nuqtalarning koordinatalarini qayd qilishni nazorat qiladi.
|
| |