Oʻzbekistonda milliy geografik axborot tizimini yaratish




Download 9,82 Mb.
bet117/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Oʻzbekistonda milliy geografik axborot tizimini yaratish


Oʻzbekistonda milliy geografik axborot tizimini yaratish deganda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani kompleks rivojlantirish borasida boshqaruv qarorlari ishlab chiqish va bunga koʻmaklashish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Milliy geografik axborot tizimini (MGAT) ishlab chiqish va yaratish nazarda tutiladi.
MGAT–bu Oʻzbekiston Respublikasining butun hududiga joriy qilinadigan, asosiy iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab oladigan hamda quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimidir:

  • kompyuter vositasida ifodalanadigan shakldagi fazoviy ma’lumotlar;

  • funksional imkoniyatlarning vazifalarga muvofiq toʻplami, ularda geoaxborot texnologiyalarining operatsiyalari amalga oshiriladi.

MGATning respublika (markaziy) va 14 ta hududiy axborot-tahlil markazlarini hamda respublika davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining hududiy markazlarini yaratish moʻljallanadi.
Ushbu milliy tizim quyidagi me’yoriy hujjatlar asosida yaratiladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PP-1989 sonli Qarori (2-ilova, 5- band);

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2045 sonli Qarori.

MGATni yaratish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud:

  • respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi;




  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, geoinformatika, geodeziya, kartografiya va kadastr sohasida zaruriy qonunchilik va me’yoriy bazaning mavjudligi;

  • tashkiliy tuzilmaning mavjudligi: bosh markaziy tashkilot – Geodeziya va kartografiya Milliy markazi (GKMM), Geoinfokadastr DUK, hududiy kadastr xizmatlari va roʻyxatdan oʻtkazish ofislari.

Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) yagona tizimga integratsiyalanadigan, vazirliklar va idoralar tomonidan ularning vakolatlari va vakolatlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishidan kelib chiqib yaratiladigan axborot resurslari kompleksini oʻzida ifodalaydi.
MGAT– professional foydalanish barobarida oʻqitish ishlarida yoki ommaviy foydalanish uchun ham ochiq koʻp sonli foydalanuvchilar tizimidir.MGATda qatlamlar bir marta yaratiladi, zaruratga koʻra toʻgʻrilanadi, koʻp marotaba foydalaniladi. MGAT tarkibida turli yoʻnalishdagi vakolatli vazirliklar va idoralar tomonidan yaratiladigan jami bir necha yuz mavzuli qatlamlar boʻlishi mumkin. MGAT ma’lumotlari qatlamlar koʻrinishida boʻladi va u asosan bazaviy ma’lumotlar va boshqa mavzuli ma’mumotlarni oʻz ichiga oladi.
Bazaviy ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:

    • yer kadastri;

    • koʻchmas mulk obyektlari;

    • transport tarmogʻi;

    • suv sathi;

    • chegaralar;

    • geodezik asos;

    • relyef;

    • aerofotosyomka.

Boshqa mavzuli ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:



      • suv toshqini zonalari;

  • demografiya;

  • energotizim;

  • suv tarmoqlari;

  • oqova suv tarmoqlari;

  • gaz va neft quvurlari.

MGAT ma’lumotlar bazalarining yagona topografik-geodezik asos bilan uzviy bogʻliq u yoki bu jarayon holatini aks ettiruvchi toʻplamini oʻzida ifodalaydi va bu quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

  • axborotni kompleks va yaqqol ifodalash;

  • axborotning fazoviy jihatdan aniq bogʻlanishi va tizimga solinishi;

  • jarayonlar va hodisalarni, xulosalarni kartaga tushirgan holda dinamik aks ettirish va modellashtirish imkoniyati;

  • iqtisodiy va statistik tahlil dasturlari bilan birga qoʻshgan holda maqbul boshqaruv qarorlarini tayyorlash.

8.2-rasm. MGATning asosiy komponentlari (Manba: Samborskiy, 2010)

Loyihaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar:



  • Davlat hokimiyati organlarining xabardorlik darajasini koʻtarish imkonini beruvchi va boshqaruv qarorlari qabul qilishning asosliligini ta’minlovchi Milliy geografik axborot tizimini yaratish.

  • Yangi davlat yoʻldosh geodeziyasi tarmogʻi, u turli obyektlarning oʻrnashgan joylarini tezkor va yuqori aniqlikda belgilash uchun, shu jumladan MGAT uchun aktual axborot toʻplashda sharoit yaratadi.

  • Koʻchmas mulk kadastri va uni roʻyxatdan oʻtkazishning yagona kompyuterlashtirilgan tizimi “bir oyna” tizimi boʻyicha, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish imkoniyatini ta’minlaydi.

  • 1:200 000 dan 1:2 000 gacha masshtablardagi aktual raqamli kartografik asos boʻlib, u iqtisodiyot, fan va mudofaa tarmoqlarini axborot bilan ta’minlash uchun moʻljallangan.


8.3-rasm. Milliy kartografik asosni yaratish– bazaviy komponent (Manba: Samborskiy, 2010)
Milliy GAT real vaqt rejimida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, hududlarni, iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani kompleks rivojlantirish borasida boshqaruv qarorlari ishlab chiqish va bunga koʻmaklashish maqsadlarida mazmun jihatdan aktual va toʻgʻri kartografik va boshqa ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash imkoniyatini beradi. MGATni

yaratish va uning amal qilishi uchun, shuningdek, bir qator standartlar hamda me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilishi talab etiladi.



    1. Download 9,82 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekistonda milliy geografik axborot tizimini yaratish

Download 9,82 Mb.