|
Yer-axborot bazasini yaratish uchun ma’lumot manbalari
|
bet | 113/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Yer-axborot bazasini yaratish uchun ma’lumot manbalari:
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish hujjatlari (dalolatnoma, guvohnoma, 1 blok).
Bank rekvizitlari (1 blok).
Yer tanlash va ajratish loyihasi (1 blok).
Tender (tanlov) hujjatlari (1 blok).
Yuridik yoki jismoniy shaxsning ma’lumotlari (1 blok) .
Yer egasining pasport ma’lumotlari (1 blok).
Yer ajratish loyihalari (o‘zga yerdan foydalanuvchilar uchun, 2
blok).
Kadastr raqamlarini shakllantirish ma’lumotlari (2 blok) .
Servitut shartnomalari (2 blok).
Yer balansi ma’lumotlari (3 blok).
Yer konturlarining maydonlar qaydnomasi (3 blok).
Yer va ekin turlarining amaldagi joylashuv kartasi (3 blok).
Tuproq kartasi ma’lumotlari(4 blok).
Qishloq xo‘jaligi yerlarini iqtisodiy (me’yoriy) baholash
natijalari (4 blok).
Ko‘chmas mulk obyektlariga oid hujjatlar (5 blok).
Yerdan foydalanuvchi subyektning yillik yer va statistik hisobotlari (6 blok).
Xulosa qilib shuni aytish joizki, dastur respublikamiz ma’muriy tumanlari hududida yer-axborot bazasini yaratish bo‘yicha
yagona avtomatlashtirilgan tizimni vujudga keltiradi. «Yeravtobank» kompyuter dasturi va uning ilmiy-uslubiy natijalari ma’lumotlar tizimini tubdan takomillashtirish hamda yer uchastkalari bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar olishning tezkor usullarini yaratish, uni amaliyotga tatbiq etish yer-axborot bazasini yaratish bo‘yicha yagona milliy tizimni joriy qilish imkoniyatini tug‘diradi.
«Yeravtobank» yer-axborot kompyuter dasturini ma’muriy tumanlardagi yer resurslari va davlat kadastri xizmati amaliyotida qo‘llash evaziga quyidagi natijalarga erishish mumkin:
tezkor yer-axborot tizimini takomillashtirish, yer kadastri hujjatlarini rasmiylashtirishni tartibga solish yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga olib keladi;
yer-axborotlarni avtomatlashtirish ishlarini takomillashtirish evaziga yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni 5-10 barobar hamda hujjatlar sonini 10 martagacha kamaytirishga xizmat qiladi.
Tezkor yer-axborot tizimini avtomatlashtirishning bevosita samarasidan tashqari quyidagi bilvosita yutuqlarga erishish ham ko‘zda tutiladi:
ish sifatining ortishi;
mutaxassislar malakasining oshishi;
soha mutaxassislari ishlab chiqarish madaniyatining o‘sishi;
ma’lumotlar aniqligi va haqqoniyligining ortishi;
sud ishlab chiqarish ishlari hajmining kamayishi;
qishloq xo‘jaligi subyektlari, subyektlar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni tez va o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyatlarining ortishi;
yerdan foydalanuvchi subyektlarning huquqiy himoyasi ortishi va ularning barqaror faoliyati ta’minlanishi;
yagona yer solig‘ini aniqlash va belgilash bo‘yicha hisob-kitoblarda aniqlik oshib, tezkor ma’lumot olish imkoniyatining kuchayishi.
Demak, qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yerdan foydalanuvchi subyektlar yer uchastkalari uchun tavsiya etilayotgan elektron dastur algoritmi
amalga oshirilsa, ma’lumotlarni tezkor olish bo‘yicha yangi texnologiyalar samarasini oshirishga va viloyat miqyosida yagona tizim asosida ish yuritishga asos yaratiladi.
|
| |