Oʻzbekistonda geoaxborot tizimiga oid qonunchilik




Download 9,82 Mb.
bet116/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Oʻzbekistonda geoaxborot tizimiga oid qonunchilik


Oʻzbekistonda geografik axborot tizimini amalga oshirish boʻyicha qonun- qoidalar aynan geografik axborot tizimi uchun ishlab chiqilmagan boʻlsa-da, milliy axborot-kommunikatsiya tizimini shakllantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, elektron hukumat tizimini yaratish, atrof-muhit toʻgʻrisida ma’lumotlar bazasini shakllantirish, koʻchmas mulkni roʻyxatga olish, davlat kadastrlari toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilingan boʻlib, ushbu qonunlar milliy geografik axborot tizimini yaratish uchun asos boʻlib xizmat qila oladi. Shuning uchun ham ushbu bobda yuqorida nomlari keltirilgan me’yoriy hujjatlar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtamiz va oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisida fikr yuritamiz.
Oʻzbekistonda geografik axborot tizimi quyidagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar bilan uzviy bogʻliqdir:

  • “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Qonun (1997).

  • “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Qonun (2000).

  • “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun (2003).

  • “Elektron hujjatlar aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonun (2004) va bir qator boshqa qonunlar.

  • AKT va kadastr (jumladan, davlat axborot tizimlarini va elektron hukumatni yaratish) sohasiga oid qariyb 20 ta hukumat qarorlari.

  • Koʻp sonli idoraviy-me’yoriy hujjatlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli «2013–2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boʻyicha harakatlar Dasturi»ga asosan, 2013–2017- yillar davomida geografik axborot tizimlarini (GAT texnologiyalarini) qoʻllagan holda atrof tabiiy muhit holati davlat monitoringining integratsiyalashgan axborot bazasini tashkil etish rejalashtirilgan. Asosiy kutilayotgan natijalarga muvofiq, GAT texnologiyalarini tatbiq etish orqali atrof tabiiy muhit holati davlat monitoringining axborot bazasini rivojlantirish koʻzda tutilgan. Shu maqsadlar

uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzuridagi Respublika tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmasi tomonidan 200,0 mln. soʻm moliyalashtirish mablagʻlari ajratilgan.


Ushbu dastur atrof-muhit holatining kafolatlangan sifatli darajasiga erishish borasidagi chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatdan foydalanish boshqaruvini takomillashtirish va samarali iqtisodiy usullarini tatbiq qilish, atrof-muhit ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatning barqaror rivojlanishiga, ekologik ilm-fanni olgʻa surishga hamda barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta’limni joriy qilishga, ekologik bilimlarni keng targʻib qilishga, shuningdek, ekologik madaniyatni oshirishga yordam beradigan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-2045 sonli Qaroriga asosan 2013–2017-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha doirasida mamlakat va uning alohida hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatini hisobga olish va baholash boʻyicha yagona umumdavlat majmuasini, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan kadastr axborotlari bilan ta’minlash uchun koʻp maqsadli axborot tizimi tashkil etiladi. Loyihani amalga oshirish va EDCFning 15 million AQSH dollarlik qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi mas’ul etib tayinlangan. Oʻzbekiston milliy geografik axborot tizimi «Elektron hukumat» tizimining bir qismi sifatida tashkil etiladi va sun’iy yoʻldosh geodeziya tarmogʻi, davlat kadastri va koʻchmas mulkni roʻyxatga olish yagona kompyuterlashtirilgan tizimini tashkil etishni koʻzda tutadi.
Jahon hamjamiyati globallashuv va integratsiyalashuv asriga ildam qadam qoʻymoqda. Darhaqiqat, insoniyat tarixida tamomila yangi boʻlgan tez oʻzgaruvchan jarayonlar hukmron boʻlgan davr boshlandi. Mazkur davr oʻzining


keng qamrovliligi, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga ta’sir koʻrsata olishi, axborot sohasida katta oʻzgarishlar boshlab berayotganligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimiz ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi sifatida mazkur jarayonlardan xoli boʻla olmaydi. Shu boisdan ham xalqaro standartlarga mos keladigan axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, mamlakatimizda taraqqiyotning milliy xususiyatlarini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich "Elektron hukumat" tizimiga oʻtish jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir.
Shu bilan birga “Elektron hukumat” tizimi rivojlanishi sharoitida axborot tizimlarining keng masshtabdagi ichki va tashqi xavflardan muhofazasi, shuningdek, mazkur tizimlar normal faoliyat yuritishining buzilishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar toʻgʻrisida aytib oʻtish zarur. Zero, axborot, axborot tizimlari va axborot munosabatlari subyektlari xavfsizligining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, axborotni muhofaza qilishning zamonaviy usul va vositalarini ishlab chiqish hamda amaliyotga samarali tatbiq etish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan masalalardan hisoblanib, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda jamiyat va davlat boshqaruvini axborotlashtirish, shuningdek, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlashni yanada takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mustaqillik yillarida mazkur sohani tartibga solishga qaratilgan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida", “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”, “Aloqa toʻgʻrisida”, “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi kabi oʻndan ortiq qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatlari axborotning muhofaza qilinishini hamda


shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish, xususan, axborot resurslarining tarqalib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish bilan bogʻliq masalalarni tartibga soladi. Oʻz navbatida, ularning qabul qilinishi ushbu sohada ilgari mavjud boʻlmagan huquqiy institutlarni tashkil etish hamda rivojlantirish imkonini berdi. Bundan tashqari, mavjud qonun hujjatlariga axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida axborot xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi XX-1 bob (“Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar”) bilan toʻldirilib, unga asosan axborotlashtirish qoidalarini buzganlik, kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik, kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda foydalanish uchun maxsus vositalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab tayyorlaganlik yoxud oʻtkazganlik va tarqatganlik, kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirganlik, kompyuter sabotaji hamda zarar keltiruvchi dasturlarni yaratganlik, ishlatganlik yoki tarqatganlik uchun tegishli javobgarlik nazarda tutildi.
Mazkur meʻyoriy aktga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksi ham kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati boʻlgan shaxs tomonidan ushbu tizimdan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi maxsus me’yor bilan toʻldirildi. Ushbu hujjat bilan kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikning oldini olish, bu sohadagi jinoyatchilikda latentlikni kamaytirish, unga qarshi aniq chora-tadbirlar asosida kurashish, ayniqsa, jamiyatni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan jinoiy

maqsadlarda foydalanishdan samarali himoya qilish muammosini hal etish va axborotlashtirish sohasini muhofaza qilishni ta’minlash imkonini berdi. Qolaversa, qonunchilikdagi mazkur me’yorlar axborot xavfsizligini ta’minlash boʻyicha ilgʻor xalqaro standartlar talablariga muvofiq keladi.


Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tuzish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2012-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligi negizida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tashkil etildi.
Oʻz navbatida, axborot xavfsizligini ta’minlash, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qilish, internet tarmogʻi orqali aholining, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashiga va ongiga salbiy ta’sirning oldini olish uchun axborot resurslarini himoya qilish boʻyicha texnik infratuzilmalarni yanada rivojlantirish boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish qoʻmitaning asosiy vazifalaridan etib belgilandi. Ta’kidlash kerakki, mazkur davlat organining muvaffaqiyatli ravishda faoliyat olib borishidan davlat va jamiyat katta naf koʻrishi mumkin.
Shu bilan birga axborot xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi huzurida Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etildi hamda mazkur markazning asosiy vazifalari etib “Elektron hukumat” tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat organlari axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishga koʻmaklashish, axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yigʻish, tahlil qilish va toʻplash, davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring oʻtkazish, internet tarmogʻi milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi meʻyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ushbu sohada oʻzaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish belgilab berildi.
Davlat sirlarini saqlash va maxfiy axborot institutlari davlat axborot xavfsizligi tizimining asosiy elementlari hisoblanadi. Ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida axborotni almashish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarda alohida oʻrin egallaydi. “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, tarqatilishi Oʻzbekiston Respublikasining xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar axborotni davlat sirlariga mansub deb topishning asosiy mezoni hisoblanadi. Ularni uch asosiy turkumga ajratish mumkin:

  1. Oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi.

  2. Oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun ogʻir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan harbiy xususiyatga ega ma’lumotlar harbiy sirni tashkil etadi.




  1. Oshkor etilishi Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi.

Qonunga muvofiq, davlat tomonidan qoʻriqlanadigan va maxsus roʻyxatlar bilan chegaralab qoʻyiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va oʻzga xil ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi. Axborotlarni maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqarish ushbu qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ma’lumotlarning maxfiylik darajasini aniqlash va belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom va Oʻzbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Aksariyat tadqiqotchilar axborotni muhofaza qilishning qonuniylik, asoslilik va yagonalik tamoyillarini farqlaydilar. Oʻz-oʻzidan ayonki, bu tamoyillar turli davlat organlari uchun yagona va majburiydir. Birinchi – qonuniylik tamoyili. Axborot mulkdorlarining huquqlari ham, ehtimol tutilgan iste’molchilarning huquqlari ham belgilab qoʻyilishi lozim. Axborotni ruxsatsiz (qonunga xilof ravishda) olganda javobgarlik darajasi ham aniq belgilanishi darkor: jinoiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, intizom javobgarligi va shu kabilar. Ikkinchi – iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tamoyili. Axborot mulkdori u yoki bu ma’lumotlarning noyoblik darajasini (agar ular davlat sirlariga mansub boʻlmasa), shuningdek, ularni muhofaza qilishning huquqiy vositalarini oʻzi belgilashi lozim. Uchinchi – axborotni maxfiylashtirish mezonlarining, binobarin, maxfiylik darajalarining yagonaligi tamoyili. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi IIV uchun va, aytaylik, Adliya vazirligi uchun ma’lumotlarning maxfiylik darajasida farqlar boʻlishi mumkin emas. Bunda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning har biri davlat sirlari va maxfiy axborotga turli hajmlarda ega boʻlishi mumkin, lekin ularning maxfiylik darajasiga, ularni muhofaza qilish usullariga nisbatan yondashuvlar yagona boʻlishi lozim.



    1. Download 9,82 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekistonda geoaxborot tizimiga oid qonunchilik

Download 9,82 Mb.