|
Uch oʻlchamli geoaxborot tizimi modellari
|
bet | 128/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi
Bizning hayotimiz uch oʻlchamli koʻrinishda kechsa-da, ba’zi GAT dastur ishlab chiqaruvchilari mahsuloti ikki oʻlchamli karta yaratish bilan cheklanmoqda, biroq uch oʻlchamli modellar dasturlari ham yaratilmoqda. Dastur yaratuvchilar hozirda uch oʻlchamli GAT turkumida uch oʻlchamli model yaratuvchi maxsus dasturni taklif qilishmoqda, lekin ular yaratayotgan modellar asosan geometrik tasvirlashga qaratilgan. Topologiya va mavzuning atribut ma’lumotlarda aks ettirilishi geoma’lumot modellashtirishda muhim sanaladi, ammo bu juda koʻp mehnat talab qiladi. Bundan tashqari, uch oʻlchamli GAT toʻliq ishlatilishi uchun taxminiy operatsiyalar ham kiritilishi lozim.
Ikki oʻlchamli GATda joyning muhim xususiyatlari grid kataloglar yoki chegaralari ichiga tasvirlansa, uch oʻlchamli GATda hajmiy birliklar bilan ishlaydi. Masalan, agar bizga berilgan kubni ikki oʻlchamli koʻrinishda koʻrmoqchi boʻlsak, unda uning faqatgina bir tarafini koʻrish yetarli boʻladi, agar uch oʻlchamli GAT orqali koʻrmoqchi boʻlsak, unda kubning barcha ma’lumotlari uni toʻliq tasvirlash uchun zarur boʻladi. Ikki oʻlchamni tasvirlashdan hozirda amaliyot va nazariy usullarni qoʻllashda keng foydalaniladi. Uch oʻlchamli GAT
ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Quyida GAT orqali hosil qilingan ba’zi uch oʻlchamli tasvirlar koʻrsatilgan (7.4 - va 7.5 - rasmlar).
9.4-rasm. GAT orqali hosil boʻlgan uch oʻlchamli tasvirlardan namunalar (Manba: Internet)
9.5-rasm. GAT orqali hosil boʻlgan uch oʻlchamli tasvirlardan namunalar
(Manba: ESRI Inc.)
GNSS va GPS haqida tushuncha
Agar oldin sun’iy yoʻldoshlar orqali olingan ma’lumotlar AQSH ning GPS tizimi orqali ishlagan boʻlsa, hozirda zamon rivojlanishi bilan yangi GNSS tushunchasi paydo boʻldi. GNSS (inglizcha Global Navigation Sattelite System) global navigatsiya sun’iy yoʻldosh tizimi degan ma’noni anglatadi. Ushbu tizimda hozirda koʻpgina zamonaviy geodezik asboblar ishlamoqda. Tizimga 5 davlatning sun’iy yoʻldoshlari ulanadi, bu qariyb 100 dan ortiq yoʻldoshlarga ulanish imkoniyati mavjud deganidir. Qulayligi shundaki, GNSS tizimidagi asboblar endilikda faqatgina GPS tizimidagi sun’iy yoʻldoshlarnigina kutmasdan, balki hozirgi kunda ishlayotgan GLONASS, COMPASS (Beidou) yoʻldoshlariga va
keyinchalik Galileo tizimi yoʻldoshlariga ulanib, joyning yanada aniq koordinatasini aniqlab berishi mumkin.
9.1- jadval
|
| |