|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 131/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Geoaxborot ta’limi istiqbollari
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga geoinformatika ta’limini isloh qilish zaruriyati paydo boʻlmoqda. Hozirda geoaxborot tizimi nafaqat texnik fanlar majmuasi sifatida, balki boshqaruv, qaror qabul qilish hamda ijtimoiy maqsadlarga yoʻnaltirilgan fan sifatida ham qaralmoqda. Alohida tashkilotlar miqyosida geoaxborot tizimi boʻyicha aniq dasturlarni oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularning asosiy maqsadi dasturda ishlashni oʻrganish boʻlmoqda. Ammo bu soha rivojlanishi bilan birga bakalavrlik, magistrlik hamda doktorlik dasturlari nafaqat texnik, balki yuqorida sanalgan sohalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Shuning uchun ham zamonaviy mutaxassis oʻz ustida ishlashi va aynan geoinformatika sohasidagi bilimlarni egallashi juda muhimdir.
Yangi ochilayotgan geoinformatika sohasidagi oʻqitish dasturlari, ya’ni ilmiy yoʻnalishga asoslangan magistrlik va doktorlik dasturlari mutaxassislar fikricha quyidagilarni qamrab olishi zarur:
ishbilarmonlik va boshqaruvchilik;
geografik bilimlar tamoyillari;
geoaxborot texnologiyalarini bilish va tushunish;
tashkiliy masalalarni bilish;
moliya, investitsiya va tavakkalni boshqarish;
xodimlar bilan ishlash tamoyillari;
turli sohalar oʻrtasidagi oʻzaro farqlar;
turli davlatlarning axborot sohasi boʻyicha qonunlari;
malaka oshirish va tahliliy malakalar.
Dunyodagi koʻpgina geoaxborot mutaxassislari oʻzlarini texnik yoʻnalishdaman deb hisoblashadi, vaholanki, geoaxborot sohasi nafaqat texnik bilimlardan, balki yuqoridagi bilimlardan ham tashkil topgan boʻlishi zarur. Bunday bilimlarni oʻrganish va dunyodagi ushbu soha vakillari bir xildagi bilim, malaka va tushunchaga ega boʻlishi uchun yaratilayotgan ta’lim dasturlari asosan uch tamoyilga asoslanishi zarur.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|