|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 132/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biBirinchi tamoyil. Geoaxborot tizimi uning dasturlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mahsuloti bilan hamohang tarzda boʻlishi, oʻtilayotgan darslar dasturlarda keltirilgan tamoyillarni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarur.
Ikkinchi tamoyil. Geoaxborot tizimi dunyoning yetakchi universitetlari tomonidan tajribadan oʻtgan oʻquv dasturlariga asoslangan boʻlishi zarur. Masalan, 1990-yili Kaliforniyadagi Santa Barbara Universiteti oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan oʻquv reja dunyoning 1000 dan ortiq universitetlarida qoʻllanilgan. Shuning uchun ham yetakchi universitetlarning geoinformatika sohasidagi oʻquv dasturlarini taqqoslaydigan boʻlsak, juda katta oʻxshashlikni koʻrishimiz mumkin.
Uchinchi tamoyil. Geoaxborot sohasini turli davlatlarda yagona oʻqitish
boʻyicha xalqaro konsorsium tashkil etish zarur. Bunda yaratilayotgan oʻquv
materiallari konsorsium vakillari uchun yagona standart va mazmunda hamda onlayn koʻrinishda mavjud boʻlishi kerak. Hozirgi kunda shunday xalqaro konsorsium bu UNiGIS konsorsiumidir. Ushbu konsorsiumda masofadan ta’lim berish tamoyili asosida dars oʻtiladi va yagona oʻquv reja asosida kurslar olib boriladi. Farqi shundaki, konsorsiumdagi boshqa universitetlar shu oʻquv rejadagi fanlarni tanlab yoki oʻzaro birlashtirish orqali oʻqitishi mumkin boʻladi. Bunda universitet oʻz sharoitiga qarab talabalarni asosiy universitet hisoblangan Zalsburg Universitetiga malaka oshirish va imtihonga yuborish orqali ta’lim sifatini boshqarib turadi.
GAT dasturlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
Hozirgi GAT bozoridagi dastur ishlab chiqaruvchi asosiy kompaniyalar ESRI, Intergraph, Autodesk va GE Energy hisoblansa, keyingi oʻrinlarni Leica Geosystems, IBM va Mapinfo kompaniyalari egallab olgan. Quyida bu ishlab chiqaruvchilar haqida qisqacha ma’lumot berib oʻtamiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|