• Nazorat savollari
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9,82 Mb.
    bet134/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Autodesk Inc. Autodesk kompaniyasi ham AQSHda faoliyat koʻrsatayotgan GAT dasturlarini ishlab chiquvchi kuchli uchtalikdan joy olgan kompaniyadir. Kompaniyaning bosh ofisi Kaliforniya shtatining San Rafaek shahrida joylashgan. Autodesk dasturlari asosan loyihalash ishlari muhim boʻlgan sohalar hisoblangan qurilish, ishlab chiqarish, infratuzilma, raqamli media va xizmat koʻrsatish kabilarda keng qoʻllaniladi.
    Autodesk kompaniyasining mashhur dasturi bu AutoCAD oilasiga kiruvchi dasturlar hisoblanadi. Bu dasturdan hozirgi kunga kelib 4 milliondan ortiq kishilar foydalanib kelishmoqda. Kompaniyada 3700 dan ortiq xodimlar ish bilan ta’minlangan boʻlib, GAT dasturlarini ishlab chiqish hajmi umumiy dastur ishlab chiqishning 10% ini egallaydi. Autodesk kompaniyasining GAT dasturlariga ishchi stoli kompyuteriga moʻljallangan Autodesk Map 3D, internet serverga moʻljallangan MapGuide va OnSite dasturlari kiradi. Autodesk dasturlari CAD (Computer Aided Design) turkum dasturlarini ishlab chiqadi. Bu dasturlar keyinchalik GAT dasturiga moslashtirilgan.Ushbu dasturlar muhandislik va loyihalash ishlariga katta e’tibor qaratilgan sohalarda keng qoʻllaniladi.


    Ge Energy. Ge Energy kompaniyasi dasturlari yuqorida keltirilgan ikki kompaniya ishlab chiqaradigan dasturlardan keskin ravishda farq qiladi. Bu kompaniya Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya)da 1980-yillarda tashkil etilgan hamda CAD tizimini ishlab chiqarishga moʻljallangan Smallworld GIS kompaniyasini 2000 - yilda sotib olgandan keyin tashkil topgan. Bu dastur kompleks muhandislik tarmoqlari uchun moʻljallanib, asosan elektr va gaz sanoatida keng qoʻllaniladi. Dastur ishchi stoli turkumidagi kompyuterlarni internetga bogʻlagan holda ishlatish imkoniyatini beradi.

    Nazorat savollari


    1. Geoportal nima?

    2. Geoportaldagi asosiy xizmat turlarini ta’riflab bering.

    3. Veb-GAT bilan geoportalning farqi nimadan iborat?

    4. Geoaxborotning zamonaviy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?

    5. Ekspert tizimlarning vazifasi nimalardan iborat?

    6. GAT va multimedia vositalarining oʻzaro bogʻliqligi nimada?

    7. GAT dasturlari va ma’lumotlarini internet orqali bogʻlash va uning afzalliklari nimadan iborat?

    8. Uch oʻlchamli (3D) GAT nima uchun zarur?

    9. Onlayn geoxizmatlarga nimalar kiradi?

    10. Pullik va bepul geoxizmatlarning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?

    11. GAT va mobil qurilmalarning oʻzaro bogʻliqligi nimadan iborat? 12.Geoaxborotning ilmiy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?

    13.Geoaxborotning rivojlanish istiqbollariga misol keltiring. 14.Jahonning yetakchi GAT dasturlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari
    haqida nima bilasiz?



    Download 9,82 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9,82 Mb.