|
Fazoviy ma’lumotlar bazasi (Spatial database) −
|
bet | 136/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biFazoviy ma’lumotlar bazasi (Spatial database) − geoaxborot tizimi ma’lumotlar bazasining boshqacha nomi.
Fazoviy soʻrov (Spatial query) − berilgan ma’lumotlar toʻplami yoki raqamli vektor formatdagi kartadagi belgilar yoki xususiyatlarni ularning geografik yoki fazoviy bogʻliqligiga qarab belgilash jarayoni.
Fotogrammetriya (Fotogrammetry) − tasvirlar, aerofotosuratlar orqali oʻlchovlar amalga oshiriladigan fan.
GAT texnologiyalari (GIS Technologies) − geoaxborot tizimining funksional imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asos.
Generalizatsiya (Generalization) − kichik miqyosdagi geotasvirlarni kattaroq miqyosga oʻtkazib umumlashtirish operatsiyasi.
Geoaxborot tahlili (GIS analysis) − geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini qoʻllagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va oʻzaro bogʻliqligini tahlil qiluvchi boʻlim.
Geoaxborot tizimi (Geoinformation systems) − asosiy vazifalari geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizim.
Geoinformatika (Geoinformatics) − ilmiy asoslashda, loyihalashda, geoaxborot tizimini yaratish, ishlatishda va undan foydalanishda; geoaxborot texnologiyalarini ishlab chiqish; amaliy jihatdan geoaxborot dasturlarinig amaliy va geoilmiy maqsadlarini oʻz ichiga olgan ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati.
Geoinformatsion kartografiya (Geoinformation cartography) – avtomat- lashgan kartografiya, masofadan zondlashni oʻz ichiga olgan aerokosmik usullar,
deshifrlash, raqamli fotogrammetriya va geoinformatikaning uzviy bogʻliqligi natijasi.
Geokodlash (Geocoding) − jadval va qatlam umumiyligini ta’riflaydigan obyektlar, yozuvlardan va sonlardan iborat geografik ma’lumot, kartadagi obyektlarga biriktirilgan bazaviy ma’lumotlarning joylashuv tizimi.
|
| |