|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 139/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biMobil GAT (Mobile GIS) − geografik ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, yangilash,tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatlarini ofis muhitidan dala sharoitiga kengaytirishga xizmat qiladigan geoaxborot tizimi.
Nomenklatura (Nomenclature) − topografik kartalarni varaqlarga boʻlish va bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimi.
Nominal atribut ma’lumot (Nominal attribute data) − vazifasi biror- bir jismni ikkinchisidan ajratishdan iborat boʻlgan atributning eng oddiy turi.
Obyekt (Object) − geoelement deb ataluvchi va oʻzida geometriya va tematikani qamrab olgan fazoviy elementning belgisi.
Ordinal atribut ma’lumot (Ordinal attribute data) − qiymati tabiiy ketma- ketlikni tashkil qiladigan ma’lumotlar.
Overley operatsiyasi (Overlay operation) − ikki yoki undan ortiq qatlamlarni bir-biriga ustma-ust qoʻyish orqali grafik qatlamlar yigʻindisidan tashkil topgan qatlamlar hosil qilish.
Piksel (Pixel) − rastr formatdagi tasvirlardagi kvadrat katakchalar.
Portal katalogi (Portal Catalog) − indekslangan geofazoviy ma’lumotlar saqlanadigan ma’lumotlar bazasi boʻlimi.
Proyeksiya (Projecting) − yer yuzasini sferik koordinata sistemasidan tekislik koordinata sistemasiga oʻzgartirish usuli.
Qatlam (Layer) − bir turdagi vektor grafik ma’lumotlar toʻplami.
Qayta tasniflash (Reclassification) – tasniflangan mavzuli kartalarni qayta tasniflash.
Qiyalik (Slope) − har bir katakdan olingan qiymatning qoʻshni katakchaga nisbatan maksimal oʻzgarish darajasi koeffitsiyenti.
Qoʻshni belgilash soʻrovi (Adjacency query) − belgilanayotgan obyektga qoʻshni yoki undan keyingi obyektlarni belgilash usuli.
Raqamlashtirish (Digitizing) − analog ma’lumotlarni kompyuter tizimida saqlay oladigan raqamli koʻrinishga keltirish jarayoni.
Raqamli karta (Digital map) − kartalarni proyeksiyalashda, koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|