|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 137/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biGeoma’lumot (Geodata) − geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan formatga joylashtirilgan joyning geografik ma’lumotlari.
Geomatika (Geomatics) − axborot texnologiyalari, multimedia va telekommunikatsiya vositalarining ma’lumotlar qayta ishlovida, geotizim tahlilida, avtomatlashgan kartografiyada qoʻllanilishining yigʻindisi.
Geoportal (Geoportal) − internet tarmogʻi orqali geografik ma’lumotlarni joylashtirish, olish yoki geografik xizmat lardan foydalanishga imkon beruvchi veb-portal turi.
Gorizontallar (Contour lines) − bir xil qiymatdagi nuqtalarni birlashtiruvchi davomiy chiziqlar.
Grafoqurilma (grekcha γράφω ‒ chizaman, yozaman; boshqacha nomi plоtter)
− katta aniqlikda tasvirlarni, chizmalarni , murakkab chizmalarni, kartalarni va boshqa grafik axborotlarni qogʻozda yoki kalkada (A0 oʻlchamgacha) avtomatik ravishda chizishga moʻljallangan grafik qurilma.
Hisobot (Report) − grafik ma’lumotlar umumiyligi, xulosani nashrga berish uchun moʻljallangan. Hisobot bir nechta oynadan iborat boʻlib, kartalar, yozuvlar, grafiklar va qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ikkilamchi manbalar (Secondary data source) − keyingi bosqichda mos raqamli formatga oʻtkaziladigan oddiy va raqamli ma’lumotlar tizimi.
Indeks (Index) − ma’lumotlar bazasida soʻrov jarayonida qidiruvni tezlashtiradigan va so'rov soʻngida batafsil ma’lumot beruvchi tuzilma.
Interval atribut ma’lumot (Interval attribute data) − qiymatlari orasida farq boʻlgan ma’lumotlar.
Izlash (Search) − foydalanuvchining geoportal orqali oʻzini qiziqtirgan ma’lumotlarni fazoviy, mavzuli, vaqtinchalik mezonlar orqali izlab topishi.
Joyning raqamli modeli (Digital Terrain Model − DTM) − topografik karta va planlar turkumiga mos keladigan fazoviy obyektlarning raqamli koʻrinishi.
Kanal tahrirlovchi (Canal editor) − geoportal orqali foydalanuvchining oʻzini qiziqtirgan mavzuli, ma’lum bir hodisa yoki muammoga bogʻlangan ma’lumotlarni maxsus kanallar orqali izlashi.
Karta (Map) − yer yuzining va uning ayrim katta qismining sferik yuzasiga tushirilgan proyeksiyasining qogʻozdagi kichraytirilgan tasviri.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|