|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 140/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biRaqamli yuza (Digital surface) − qaysidir bir hudud chegarasidagi va koordinata sistemasidagi qatlamlar toʻplami uchun umumiy boʻlgan bir sinfdagi obyektlarga tegishli bir turdagi fazoviy obyektlar oilasi.
Rastr format (Raster format) − kartografik ma’lumotlarni matritsa yoki katakchalar koʻrinishida tasvirlash.
Rastr (Raster) − oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro bogʻlanmagan tavsifga ega boʻlgan kataklar jamlanmasi.
Rastrlash (Rastering) − berilgan analog yoki qogʻoz koʻrinishli tasvirdan raqamli koʻrinishga keltirib tasvir olish jarayoni.
Rastr grafikasi (Raster graphics) − kompyuter grafikasining zamonaviy koʻrinishi.
Skaner (Scanner) − qogʻozdagi tasvirni kompyuter xotirasiga avtomatik tarzda kiritish uchun rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma.
Soʻrov tili (Query language) – MBBTda ma’lumotlarni tez izlab topishga maxsus moʻljallangan algoritm.
Stereoskop (Stereoscope) − relyefli joyning tasviri tushirilgan ikkita bir xil suratni koʻruvchi va oʻsha joyning past-balandliklarini koʻrsatib beruvchi optik qurilma.
Suv ayirish tahlili (Watershed analysis) − daryo yoki boshqa suv havzasini tashkil etgan irmoqlarning boshlanishidan to daryoga borib qoʻshilguniga qadar qamrab olgingan maydon hamda barcha irmoqlarning hisoblanib tasvirga olinishi. Tasniflash (Classification) − ma’lumot va kartani belgilar boʻyicha tasniflash va tasniflangan raqamlar orqali toʻplash.
Tavsifiy ma’lumotlar (Descriptive data) − GAT paydo boʻlganidan keyin geografik ma’lumotlar bilan bir qatorda jadvallar, diagrammalar va boshqa iqtisodiy, huquqiy ma’lumotlar bazasida qaysi turdagi ma’lumotlarni qaysi usul bilan tasvirlashga qaratilgan ma’lumotlar turi.
Tiniqlik (Resolution) – berilgan rastr tasvirdagi har bir kvadrat katakchaning sifat koʻrsatkichi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|