Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari




Download 9,82 Mb.
bet19/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari


Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari juda keng boʻlib, atrof-muhit, yer va suv resurslarini boshqarish, tabiiy resurslarni boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, qurilish va neft-gaz sohalarida, shuningdek, geodeziya va kartografiyada qoʻllash mumkin.
GAT turli holatlarda, jumladan:

  • sogʻliqni saqlash sohasida yangi klinika va shifoxonalarni aholiga geografik jihatdan mos va qulay qilib joylashtirish jarayonida;

  • yuk tashish bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va jadvallarini tuzish va aniqlashda;

  • avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yoʻllarni loyihalashda eng maqbul variantni tanlashda;

  • geodemograflar uchun yangi savdo majmualarini barpo etish va ularga joy tanlashda;

  • oʻrmonchilik korxonalari uchun oʻrmonlar holatini yangilash va rekreatsiya parklarini barpo qilishda;

  • davlat fondidagi yerlarni toʻgʻri va oqilona hisoblashda;



1.7-rasm. Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari (Manba: Internet)



  • sayohatchilar uchun oʻzlariga maqbul mehmonxona, sayohat manzillari va albatta, toʻgʻri yoʻnalish topishda;

  • fermerlar uchun yangi yerlarni oʻzlashtirishda, yerlarning holatini aniqlashda va ular toʻgʻrisida yetarli ma’lumot olishda juda qoʻl keladi. Bundan tashqari, GAT ekologiya va atrof-muhitdan foydalanish, dengiz,

aviatsiya va avtomobil navigatsiya tizimida, shaharsozlikda, marketingda, favqulodda vaziyatlarni boshqarish va rejalashda, sotsiologiya, politologiya hamda boshqa sohalarda qoʻllaniladi.
GATning geodeziya va ayniqsa, kartografiya sohalarida qoʻllanilishidan bir qancha yengilliklar kelib chiqadi. Bunda ish hajmi keskin ortib, ma’lumotlarni qayta ishlash va bosmaga chiqarish kabi ishlarga sarflanadigan vaqt keskin kamayadi. Bundan tashqari, ma’lumot olish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar miqdor va sifat jihatidan ortadi. Bunda hozirgi kunda mavjud zamonaviy geodezik asboblar, jumladan elektron taxeometrlar, sun’iy yoʻldosh orqali obyektning

koordinatasini oʻta yuqori aniqlikda bera oladigan qabul qilgich (priyomnik) lar juda ham katta yordam beradi. Shu jihati bilan an’anaviy kartografiya, ya’ni oldingi qogʻozli koʻrinishdagi geoma’lumotlar yordamida ishlash bilan taqqoslaganda elektron geodezik asboblarga, sun’iy yoʻldosh ma’lumotlariga asoslangan hozirgi zamonaviy kartografiya bir qancha afzalliklarga egadir.


1.1-jadval

Download 9,82 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari

Download 9,82 Mb.