|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 21/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biNazorat savollari
GAT tushunchasiga ta’rif bering.
GATning paydo boʻlish tarixi xaqida soʻzlab bering.
Geoinformatika va kartografiyaning bogʻliqligi nimada?
GATning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
Raqamli karta deganda nimani tushunasiz?
Geoinformatika deb nimaga aytiladi?
Vektor format nima?
Rastr format nima?
Elektron karta deganda nimani tushunasiz? 10.Stereoskopni ishlatishdan maqsad nima? 11.Raqamlashtirish qanday amalga oshiriladi?
12.Relyefning va joyning raqamli modellari qanday farqlanadi? 13.GAT ni asosan qanday sohalarda qoʻllash mumkin?
14.Atribut toʻgʻrisida tushuncha bering. 15.Atributlar qanday koʻrinishlarda boʻladi? 16.Atributlar asosan qanday turlarga boʻlinadi? 17.Geomatika toʻgʻrisida tushuncha bering.
bob. GEOAXBOROT TIZIMIDA GEOREFERENSLASH VA
TRANSFORMATSIYALASH
Geoaxborot tizimida datum tushunchasi
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan Datum sferoidning joylashuvini Yerning markaziga nisbatan aniqlaydi, ya’ni sferoid va datum bir-biri bilan bogʻliq tushunchalardir.
Yer shaklining shardan farqlanishini birinchi boʻlib Nyuton e’tirof etdi. 1682- yili u e’lon qilgan nazariya – Butun dunyo tortish qonuniga binoan, Yer oʻz oʻqi atrofida ma’lum tezlikda aylanishi tufayli u shar shaklida boʻlmay, balki ikki qutblari boʻyicha siqilgan sferoid (ellipsoid) shaklida ekanligi ma’lum qilindi.
Yerning shakli juda murakkab va oʻziga xos xususiyatga ega. Yerning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, togʻlik va tekislik, tizma togʻ va vodiylardan iborat. Yerning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Yerning shakli deganda uning tabiiy shakli e’tiborga olinmaydi, faqat matematik shakli tushuniladi. Ana shu matematik shakllardan Yerning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir. Geoid – okean suvi tinch turgan paytda uning sathi boʻyicha okean quruqligi ostidan sathiy yuza oʻtkazilganda hosil boʻladigan yumaloq shakldir.
Yer yuzasidagi har bir nuqtadan sathiy yuza oʻtkazish mumkin. Sathiy yuza oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, uning barcha nuqtalarida shovun chizigʻi perpendikular yoʻnalgan boʻladi. Bu shakl Yer shakli deb qabul qilingan. Yerning shakli deyilganda quruqlikdagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi, chunki yer yuzining koʻp qismi (71%) okean va dengizlar, oz qismi (29%) quruqlikni tashkil etadi. Yerning geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa yer bagʻridagi jinslarning joylashishi va zichligiga bogʻliq. Yerning ichki tuzilishi bir xil boʻlsa, yer yuzasi silliq boʻlardi. Yerning ichki qismi har xil jinslardan tashkil topganligi uchun geoid yuzasi toʻlqinsimon boʻladi.
Hozirgacha geoid shakli matematik formula bilan ifodalangan emas, lekin olib borilgan geodezik ishlar geoidning aylanma ellipsoidga yaqinligini koʻrsatdi. Geoid bilan ellipsoidning bir-biridan farqi (yer yuzining ba’zi nuqtalarida) 150 m
dan oshmaydi. Bu farq Yerning umumiy kattaligiga nisbatan juda kichikdir. Shuning uchun geodeziyada Yer aylanma ellipsoid shaklida deb qabul qilingan.
Geodeziya kursidan ma’lumki, yerning asosiy sathiy yuzasi boshlangʻich yuza deb qabul qilingan va u okean suvlarining tinch turgandagi sathidan boshlanadi. Tinch holatdagi okean va dengiz suvlari sathining fikran qit’alar ostidan shovun chizigʻiga perpendikular qilib davom ettirishdan hosil boʻlgan shakl geoid deb ataladi.
2.1-rasm. Geoid shakl (Manba: Internet)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|