|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 24/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Geomarkazlashgan datumlar
Datum nomi
|
Yili
|
Mamlakat/ Tashkilot
|
a, km (katta yarim oʻq)
|
b, кm (kichik yarim oʻq)
|
f (siqilish)
|
GRS 80
|
1980
|
MAGG (IUGG)
|
6378,137
|
6356,75231414
|
298,257222101
|
WGS84
|
1984
|
AQSH
|
6378,137
|
6356,75231424518
|
298,257223563
|
PZ90
|
1990
|
MDH
|
6378,136
|
6356,751
|
298,257839303
|
IERS96
|
2003
|
МСВЗ (IERS)
|
6378,13649
|
6356,751
|
298,25642
|
Demak, yuqoridagi fikr va mulohazalar asosida datumni referens-ellipsoid emas, balki yerdagi obyektlarning joylashuvini hisoblash jamlanmasi yoki modeli sifatida qarashimiz zarur boʻladi. Bunday datum mutaxassislar tilida gorizontal datum deyiladi. Gorizontal datum turiga qarab yerdagi obyektning joylashuv koordinatasi turlicha boʻladi. Hozirda dunyoda bir necha yuzlab mahalliy datumlar mavjud va ular oʻsha joy uchun qulay boʻlgan tizimlarga referenslanadi. Ma’lumki, dunyo boʻyicha xalqaro hisoblangan datum WGS-84 asosan
GPS tizimi uchun ishlab chiqilgan boʻlib, undan olingan koordinatani mahalliy referens-ellipsoidga asoslangan koordinata sistemasiga moslashtirish zarur, aks holda bir necha metrdan hatto yuzlab metrgacha farq qilishi mumkin. Bunday farqni bartaraf etish uchun koordinata sistemalari transformatsiya qilib oʻzgartiriladi.
Vertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini dengiz sathiga nisbatan oʻlchashda qoʻllaniladi. Vertikal datumlar qoʻllanilish turiga qarab dengiz sathiga nisbatan qoʻllaniladigan suv sathi, geoidga asoslangan gravimetrik va gorizontal datumlarni hisoblashda qoʻllaniladigan ellipsoidlarga asoslangan geodezik datumlarga boʻlinadi.
Umuman, balandliklar asosan dengiz sathlariga nisbatan olinadi, biroq “dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar jumlasiga dengizning toʻlqinlanib turishi, shamol va oqimlar, atmosfera bosimi, suvning quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi togʻlarning gravitatsiyasi kiradi.
Shuning uchun ham yuqoridagi omillarning barchasini jamlab, yagona oʻlchamga kelish va hisoblashlarni amalga oshirish uchun datum tushunchasi qoʻllaniladi. Shunday datumlardan biri, ya’ni yerdagi obyektning balandligini hisoblashda dengiz oʻrta sathi – Mean Sea Level (MSL) qoʻllaniladi. MSL datumi parametlarini topishda suv sathining oxirgi 19 yildagi suv koʻtarilishi va oʻzgarish balandliklarining oʻrtacha arifmetigi olinadi. Ushbu hisoblashda yana Quyosh va Oyning gravitatsion ta’siri va boshqa ta’sirlarning oʻrtachasi olinadi.
Vertikal datum ham gorizontal datumga oʻxshab ma’lum bir hudud yoki davlat uchun alohida ishlab chiqiladi. Shuning uchun har bir davlatda alohida vertikal datum ishlab chiqilgan boʻlib, oʻsha hudud uchun asos qilib olingan dengiz, okean sathlariga asoslanadi. Masalan, Buyuk Britaniya uchun vertikal datum hisoblangan Nyuvlin Datumi uchun dengiz sathi Kornvalda joylashgan Nyuvlin dengizining 1915–1921-yillar orasidagi oʻrtacha dengiz sathi asosida hisoblanadi. Lekin bu sath, avval aytganimizdek, boshqa hududlar uchun nol balandlik hisoblanmaydi va ular turlicha boʻladi.
Demak, yuqoridagi fikrlarni jamlagan holda quyidagi muhim ta’riflarga kelishimiz mumkin:
geodezik datum yerdagi nuqtalarning koordinatalarini hisoblash uchun zarur boʻladigan oʻzgarmas birliklar toʻplamidir va u boshqa geodezik oʻlchashlarga asos boʻladi;
geodeziya va kartografiya sohasida nuqtaning joylashuvini aniqlashda datum referens nuqta hisoblanadi va koordinatani hisoblash uchun yerning yordamchi modeli sifatida qaraladi;
gorizontal datumlar yer yuzidagi nuqtalar oʻrnini kenglik va uzoqlik asosida tasvirlash uchun xizmat qiladi;
vertikal datumlar joyning balandliklari va suv osti chuqurliklarni oʻlchash uchun xizmat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|