|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 26/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biGeodezik koordinatalar. Geodezik koordinata sistemasida biror nuqtaning oʻrnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi sifatida referens-ellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi. Yer yuzidagi biror nuqtaning oʻrnini aniqlashda shu nuqtadan oʻtkazilgan meridian va parallelning kesishgan nuqtasidan foydalaniladi. Biror
nuqtadan oʻtkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligini, parallel esa geodezik kenglikni bildiradi.
Yer ellipsoidining kichik oʻqi orqali boʻylamasiga oʻtkazilgan kesma − meridian tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil boʻlgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi.
Yer ellipsoidining biror nuqtasidan uning aylanish oʻqiga perpendikular oʻtkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil boʻlgan chiziq parallel deb ataladi.
Yer ellipsoidi markazidan oʻtkazilgan parallel kesmaga ekvator tekisligi deyiladi.
M nuqtaning geodezik kengligi B ekvatordan qutblari tomon 00 dan 900 gacha hisoblanadi, nuqta ekvatordan shimolda boʻlsa, uning geodezik kengligi shimoliy kenglik (+), janubda boʻlsa janubiy kenglik (-) deb ataladi. Geodezik uzunlik L geodezik meridian bilan bosh meridian orasidagi burchak boʻlib, bosh meridiandan boshlab gʻarbga (+) va sharqqa (-) tomon 00 dan 1800 gacha oʻlchanadi.
Astronomik koordinatalar. Yer yuzasidagi nuqtalarning astronomik koordinatalarini aniqlashda asosiy yuza qilib geoid, koordinata chiziqlari qilib esa astronomik meridian va parallellar qabul qilinadi. Berilgan nuqtaning astronomik meridiani deganda yerning aylanish oʻqiga parallel qilib oʻtkazilgan tekislikning mazkur nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻi yoʻnalishida yer yuzasi bilan kesishishidan hosil boʻlgan chiziq tushuniladi.
Yer yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan boshlangʻich deb qabul qilingan Grinvich meridiani tekisliklari orasida hosil boʻlgan burchak shu nuqtaning astronomik uzunligi deyilib, λ bilan belgilanadi. Yer yuzidagi biror nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻi bilan ekvator tekisligi orasida hosil boʻlgan burchak shu nuqtaning astronomik kengligi boʻlib, ϕ bilan belgilanadi.
Geodezik va astronomik koordinatalar sistemalari bitta umumiy nom bilan geografik koordinata deb yuritiladi. Bunda nuqta koordinatasi astronomik usulda
aniqlangan, deb faraz qilinadi. Geografik koordinataning afzalligi yer yuzidagi barcha nuqtalar oʻrnining yagona tizimda aniqlanishidadir.
2.5-rasm. Geografik koordinatalarning sferik (chapda) va dekart (oʻngda) koʻrinishi (Manba: Internet)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|