|
Vektor va rastr ma’lumot, metama’lumotlar
|
bet | 34/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Vektor va rastr ma’lumot, metama’lumotlar
Rastr formatdagi tasvir – bu kvadrat katakchalar toʻplamidan tashkil topgan tasvirdir. Bu katakchalar ilmiy tilda piksel (pixel) deb ataladi. Rastr tasvirlar ikki oʻlchamli koʻrinishda boʻladi, ya’ni X va Y koordinata sistemalaridan iborat. Nafaqat geografik ma’lumot, balki kompyuterga kiritilgan pikselli har qanday tasvir rastr tasvir koʻrinishida qabul qilinishi mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar oʻlchami juda muhim ahamiyatga ega. Piksel oʻlchami qanchalik kichik boʻlsa, tasvir sifati shunchalik yuqori boʻladi.
Pikselning oʻlchami tasvirga berilgan sifat belgisidir. Mana shu yerda tasvirning sifatini belgilab beruvchi birlik – tiniqlik atamasi paydo boʻladi. Piksellarning oʻlchami rastr faylning tiniqligi sifatida qaralishi mumkin. Skanerlangan tasvirning sifati toʻgʻrisida gap ketadigan boʻlsa, unda dpi/ppi (dot per inch/pixels per inch) atamasini qoʻllaymiz. Bu soʻzning ma’nosi 1 kvadrat dyuym (1 dyuym – 2,54 sm) ga nechta nuqta yoki piksel toʻgʻri kelishini anglatadi. Masalan, 300 dpi sifatidagi tasvirning 2,54 sm kvadrat joyi ustun va qator boʻylab 300 ta piksellar yoki kvadrat katakchalar joylashganini koʻrsatadi.
3.5-rasm. Vektor va rastr formatga misollar (Manba: Internet)
Rastr formatning qulaylik taraflaridan biri – u raqamli relyef modeli (DEM) ni hosil qilishi mumkin.
Rastrlash. Rastrlashni berilgan analog yoki qogʻoz koʻrinishidagi tasvirni raqamli koʻrinishga keltirib, raqamli tasvir olish jarayoni sifatida tushunish mumkin. Bundan tashqari, vektor formatdan rastr formatga keltirish orqali ham rastrlash ishi amalga oshirilishi mumkin. Qogʻoz koʻrinishidagi tasvirni rastrlashning eng keng tarqalgan usuli bu skanerlash jarayonidir. Oldin ta’kidlanganidek, ishlatish maqsadiga koʻra oddiy yoki maxsus skanerlardan foydalanish mumkin. Quyida skaner yordamida rastrlash jarayonini tushuntirib oʻtamiz.
Skanerlash (scanning) – skaner yordamida analog tasvirni raqamli (rastr) formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va kartografik ma’lumotlarni vektor koʻrinishga keltirish uchun kerakli boʻlgan bosqichlar amalga oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli videokamera, fotoapparat va grafoqurilma kabi moslamalar ham qoʻllanilishi mumkin.
GATda ishlatish uchun oddiy koʻrinishdagi mediama’lumotlarni skanerlashning uch muhim sabablari mavjud:
hujjatlar, jumladan bino-inshootlar plani, CAD chizmalari va binoni kadastr hujjatlari asosida oʻrganish uchun ma’lumot saqlashni
takomillashtirish hamda ma’lumotlarni geografik jihatdan indeksatsiya qilish;
negativ (fotoplyonka), qogʻoz kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar boshqa ma’lumotlarga nisbatan geografik bogʻlanishi uchun skanerlanadi hamda geokodlanadi (odatda bunga vektorlash misol boʻladi);
kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar vektorlashdan va bazada fazoviy tahlil qilinishidan oldin skanerlanadi.
GATda qatlamlarni hosil qilish uchun 8 bit (256 rangli) 400 dpi (16 nuqta/mm) xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki skanerlash jarayoni orqali kartalarni skanerlash juda yaxshi tanlovdir. Fazoviy tahlil qilish uchun olinadigan rangli aerofotosurat uchun 8 bit 900 dpi xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki skanerlash (skanerni ichida moslab olsa boʻladi) koʻproq mos keladi. Skanerlash natijasida hosil qilingan ma’lumotning sifati asl nusxa holati, skanerlovchi qurilmaning sifati va skanerlash oldi tayyorgarligiga bogʻliq boʻladi. Skanerlashning kamchiliklaridan biri bu ba’zida optik qurilmalarda tasvirning buzilib qolishi va keraksiz tasvirlarning hosil boʻlishidir. Tasvirning tiniqligini oshirishimiz keraksiz qoʻshimcha tasvirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar tasvirning tiniqligini kamaytirsak, bizga kerakli boʻlgan kichik obyektlar tushmay qolishi mumkin.
|
| |