GPS va GNSS qurilmalarida SK-42 ning parametrlari




Download 9,82 Mb.
bet30/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

GPS va GNSS qurilmalarida SK-42 ning parametrlari





Parametr lari

Qiymati

Yaxlit qiymati

Tavsifi

X

23,92

+24

X oʻqi boʻylab ellipsoidning siljishi

Y

-141,27

-141

Y oʻqi boʻylab ellipsoidning siljishi

Z

-80,9

-81

Z oʻqi boʻylab ellipsoidning siljishi

A





-108

108



WGS-84 va Krasovskiy ellipsoidlari katta oʻqlari orasidagi farq

F





+0,004808



+0,004808

WGS-84 va Krasovskiy ellipsoidlari siqilish qiymatlarining farqi
(f1-f2)*10000



Nazorat savollari

    1. Datumni tushuntirib bering.

    2. Gorizontal datum nima?

    3. Vertikal datum nima?

    4. Datum siljishi nima?

    5. Geografik va proyeksiya koordinata sistemalari orasidagi farq nimada?

    6. WGS-84 va SK-42 orasida qanday farq mavjud?

    7. Oʻzbekistonda qaysi koordinata sistemasi qoʻllaniladi?

    8. Geomarkazlashgan datum tushunchasiga ta’rif bering.

    9. Oʻzbekiston uchun WGS-84 va SK-42 ning taqqoslash parametrlari qanday?

    10. Koordinatalarni transformatsiyalash nima?



  1. bob. FAZOVIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING ILMIY ASOSLARI





    1. Geoaxborot tizimida ma’lumotlar tushunchasi

Qadimdan kishilar geografik ma’lumotlarni turli xil usullar bilan koʻrsatib kelishgan va zamon oʻtishi bilan geografik ma’lumotlarni tasvrilash usullari ham takomillashib borgan. Geografik ma’lumotlarni tasvirlash usullaridan birinchilari bu joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kartada tasvirlash boʻlgan. Keyinchalik esa kartalarga shartli belgilar va koordinatalarni kirita boshlashgan. Agar dastlabki kartalar qoʻl yordamida chizilgan va kiritilgan hamda shartli belgilar oʻsha oʻzlari yashab turgan jamiyat miqyosida foydalanishga moʻljallangan boʻlsa, keyinchalik qoʻlda emas, balki bosma uskunalarda va shartli belgilar ham oʻzaro kelishilgan holda umumjahon miqyosida qoʻllanila boshlangan.
Shu oʻrinda ma’lumot va axborot tushunchalariga ham toʻxtalib oʻtishimiz zarur, chunki bu ikki tushuncha bir-biriga yaqin boʻlganligi va koʻpincha birga qoʻllanilganligi sababli chalkashlikka olib kelishi mumkin.
Ma’lumot – bu qayta ishlanmagan, tizimlashtirilmagan xom faktlar yigʻindisidir. Ma’lumot sifat va son qiymatlarida boʻlishi mumkin hamda oʻlchov natijalari asosida hosil qilinadi. Geoaxborot tizimidagi dasturlarda ma’lumot jadvalda keltirilishi mumkin. Ma’lumot qayta ishlanib, tahlil etilganidan soʻng u axborotga aylanadi. Ma’lumotni oʻqiganda biz faqat sonlarni koʻrsak, axborotda ma’lumotlar tartibli koʻrinishga keltiriladi va aynan shu ma’lumotni koʻrmasak- da, ular asosida qayta ishlangan natijani koʻrishimiz mumkin boʻladi. Tushunarli boʻlishi uchun soddaroq misol sifatida talabalarning imtihon natijalarini keltirishimiz mumkin. Agar har bir talabaning imtihon natijasi ma’lumot hisoblansa, u holda auditoriyadagi yoki umuman institutdagi talabalarning oʻrtacha bahosi, oʻzlashtirish koʻrsatkichi axborot deb ataladi.
Quyida ma’lumot va axborot oʻrtasidagi farqlar keltirilgan:

  • ma’lumotni kompyuter tizimiga kiritish uchun qoʻllaymiz, oʻsha ma’lumot qayta ishlangandan keyin axborotni natija sifatida undan olamiz;




  • ma’lumot qayta ishlanmagan faktlar, sonlardir, axborot esa qayta ishlangan ma’lumotlardir;

  • ma’lumot axborotga bogʻliq emas, ammo axborot unga bogʻliq;

  • ma’lumot oʻziga xos emas, axborot esa oʻziga xosdir;

  • ma’lumot hech qanday ma’no bildirmaydi, axborot esa mantiqiy ma’no bildirishi kerak;

  • ma’lumot xomaki material hisoblansa, axborot tayyor mahsulotdir.


3.1-rasm. Qayta ishlanmagan ma’lumot − kosmik surat (a) va qayta ishlangan ma’lumot, ya’ni axborot (b)

Download 9,82 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GPS va GNSS qurilmalarida SK-42 ning parametrlari

Download 9,82 Mb.