• Ordinal atribut ma’lumotda
  • Interval atribut ma’lumotda
  • Si k l i k .
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9,82 Mb.
    bet38/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Nominal atribut ma’lumot atributning eng oddiy turi boʻlib, uning vazifasi biror-bir jismni ikkinchisidan ajratishdan iboratdir. Joy nomlari, uy raqamlari va boshqalar bunga yaqqol misol boʻla oladi. Nominal atributlar asosan raqamlar, harflar va ba’zida ranglarni oʻz ichiga olishi mumkin.
    Ordinal atribut ma’lumotda ma’lumotlarning qiymati tabiiy ketma- ketlikni tashkil qiladi. Masalan, Kanada oʻz yerlarini sinflarga boʻlib baholaydi: 1-sinf yerlari eng yaxshi yer deb baholansa, 2-sinf oʻrtacha yer deb baholanadi. Oʻzbekistonda bunday baholash 100 ballik shkala asosida bajariladi.
    Interval atribut ma’lumotda qiymatlar orasidagi farq ma’noga ega. Masalan, Selsiy darajasi. Bunda biz 20–30 daraja 10–20 darajadan farq qiladi, deb ayta olamiz.
    Koeffitsiyentli. Bu turdagi atribut ma’lumotlarda koeffitsiyent muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ogʻirlik bu bir koeffitsiyent va biz 100 kg mahsulot
    50 kg li mahsulotdan 2 marta ogʻir deb aniq ayta olamiz. Lekin darajaga kelganda, 20 daraja 10 darajaga qaraganda 2 marta issiq deb ayta olmaymiz, chunki bunda faqatgina interval sifatida koʻrsata olishimiz mumkin.
    Siklik. Bunda asosan siklik koʻrinishdagi atribut ma’lumotlar kiritiladi. Bunga misol qilib obyektning daraja birligida fazoviy joylashishini keltirishimiz mumkin. Agar 359 darajaga 1darajani qoʻshsak, bu 0 ga yoki 180 ga teng kelib qolishi mumkin.
    Atribut ma’lumotlarni bazaga kiritishning muhim qulayliklaridan biri bu standart koʻrinishdagi soʻrovlar, turli xil filtrlar va matematik mantiq yordamida ma’lumotlar bazasi obyektlarini tahlil qilish imkoniyatidir. GATda atribut ma’lumotlarni saqlashning turli xil usullari mavjud:

    • tizimning barcha obyektlari uchun 1-2 ta standart atributlarni saqlash;

    • fazoviy obyektlar va bogʻliqlik toʻgʻrisidagi axborotlar bilan bogʻliq atributlar jadvalini saqlash;

    • tarmoqli ma’lumotlar bazasi elementlariga koʻrsatma (manba) larni saqlash;




    • agar tizim klassifikator yordamida ishlasa, unda hech qanday atribut ma’lumotlarni saqlashning zaruriyati yoʻq.

    Download 9,82 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9,82 Mb.