• M a’l u m ot t o ʻ p l ash bos q ic h l ar i .
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9,82 Mb.
    bet41/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Yordamchi

    Skanerlangan karta yoki suratlar Raqamli relyef modellari Topografik karta konturlari

    Topografik kartalar Joy nomlari Ma’lumotlar bazasi

    Ikkilamchi manbalar oddiy va raqamli ma’lumotlar tizimi boʻlib, bu ma’lumotlarni keyingi bosqichda mos raqamli formatga oʻtkazish kerak boʻladi. Bunday manbaga rastr formatdagi skanerlarga rangli aerofotosuratlarni, qogʻoz




    koʻrinishdagi skanerlash va vektorlash ishlarini talab qiladigan kartalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Demak, asosiy (birlamchi) geografik ma’lumotlar manbayi GATda ishlatish uchun bevosita oʻlchovlar orqali olinadi. Yordamchi (ikkilamchi) manbalar oldingi izlanishlar orqali qayta ishlangan yoki boshqa tizimlardan olinadi.
    Har ikki ma’lumot ham raqamli, ham analog formatda boʻlishi mumkin. Analog ma’lumot har doim geografik ma’lumotlar bazasiga kiritilishidan oldin raqamli koʻrinishga keltirilishi lozim. Bunday jarayonni qogʻoz karta yoki fotosuratni skanerlash hamda suratdagi belgilangan joyni vektorlash orqali amalga oshirish mumkin. GATga kiritilishidan oldin raqamli ma’lumotning format kattaligi va tavsiflariga qarab qoʻshimcha qayta formatlash va qayta tizimga keltirish kabi ishlar bajarilishi kerak boʻlishi mumkin. Bu boʻlimda ma’lumot toʻplash va ma’lumot uzatish kabi atamalarga duch kelamiz. Ularning bir-biridan farqi shundan iboratki, ma’lumot toʻplash deganda toʻgʻridan toʻgʻri ma’lumotni oʻsha ma’lumot toʻplayotgan qurilmaga kiritish nazarda tutilsa, ma’lumot uzatishda esa oʻsha ma’lumotlarni tarmoqli ulanishlar (Internet, WAN, LAN), CD ROM disklar, fleshka va disketlar orqali kiritish nazarda tutiladi.
    Ma’lumot toʻplash bosqichlari. Ma’lumot toʻplash, oʻz navbatida, boshqa jarayonlar kabi bir necha bosqichli ishlarni oʻz ichiga oladi (3.9-rasm). Bu jarayonlarning birinchi bosqichini rejalashtirish boshlab bersa, tayyorgarlik, raqamlashtirish/uzatish (raqamlashtirish, syomka natijalarini kiritish, skanerlash, fotogrammetriya), tahrir qilish va sifatini yaxshilash kabi bosqichlar uni davom ettirib, ma’lumotlarni baholash esa tugatib beradi.
    Rejalashtirish barcha ishlardagi kabi bu jarayonda ham muhimdir. Bu bosqichda foydalanuvchiga qoʻyiladigan talablar, ishchilar, mos texnika va texnologiyalar hamda dasturlarni aniqlash, loyiha dasturini tayyorlash kabi ishlar aniqlab olinadi.
    Tayyorgarlik bosqichida ma’lumot olish, boshlangʻich manbalardagi ma’lumotlarni qayta ishlash, skanerlangan tasvirlarni tahrir qilish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni qabul qilib olish uchun mos


    GAT kompyuter texnologiya va dasturlarini aniqlash ishlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin. Raqamlashtirish va ma’lumot uzatish tizimdagi eng koʻp ish qilinadigan bosqichdir. Bu bosqichdan keyin ma’lumotlarni tahrir qilish va sifatini yaxshilash ustida ish olib boriladi. Bunda raqamlashtirilgan ma’lumotlar xatolari bartaraf qilinib, sifati yanada oshiriladi. Oxirgi bosqichda ma’lumot toʻplash jarayoni davomida hosil qilingan kamchilik va muvaffaqiyatlar aniqlanib, tahlil qilinadi.



    3.9-rasm.Ma’lumot toʽplash bosqichlari (Manba: Muallif)

    Download 9,82 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9,82 Mb.