|
Vektor formatdagi fayllarning koʻrinishi
|
bet | 37/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi Vektor formatdagi fayllarning koʻrinishi
Fayl formati
|
Toʻliq tavsifi
|
Dasturda qoʻllanilishi
|
Coverage MDB DWG DXF
DLG XPGL
MIF/MID TAV DGN SDTS TIGER
VPF SHP
|
ARC/INFO Coverage Personal Geodatabase AutoCAD Drawing File
Data Interchange (Exchange) File
Digital Line graphs
Xewlett-Packard GRAPHIC Language
MapInfo Data Transfer Files MapInfo Table MicroStation Design Files
Spatial Data Transfer System Topologically Integrated Geographic Encoding and Referencing
Vector Product Format Arc View SHape
|
ARC/INFO
ArcGIS
AutoCAD/ Autodesk Map Koʻp dasturlarda
Koʻp dasturlarda Koʻp dasturlarda
MapInfo MapInfo MicroStation Koʻp dasturlarda Koʻp dasturlarda
Harbiy kartografiyada ArcView
|
3.6-rasm. Ma’lumotning bir nechta modellarda tasvirlanishi
(Manba: Internet)
Atribut ma’lumotlarni olish
Atributlar bu ma’lumotlar bazasidan oʻrin olgan matnli, sonli va belgili tavsiflardir.Atributlarda saqlanadigan ma’lumotlar umumiy, tarkibiy va belgili turlarga tegishli boʻlishi mumkin.
Atribut toʻgʻrisidagi fikrlarni yanada kengroq yoritish uchun quyida bir misol keltiramiz (3.7-rasm). Masalan, bizga berilgan tumanda har xil turdagi uylar berilgan. GAT yordamida uning raqamli kartasini tasvirlaganimizdan soʻng, u poligon koʻrinishida tasvirlanadi, vaholanki bizga bu uy toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot kerak boʻlishi mumkin. Bunda bizga atribut ma’lumotlar tushunchasi yordam beradi. Atribut ma’lumotlar bazasida bu uy toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlar, jumladan uning maydoni, pochta manzili, qavatlar soni, ishlatilgan materiallar toʻgʻrisidagi ma’lumot, poydevor turi, qurilgan yili, aholi soni va boshqalar saqlanadi.
3.7-rasm. Atribut ma’lumotning joyda va ma’lumotlar bazasida joylashuvi
(Manba: Muallif)
3.8-rasm.Atributlarning jadvallarda joylashuvi (Manba: Longley, 2005)
Demak, yuqoridagi fikrlardan koʻrinib turibdiki, atributlar jadval, belgi, son (kodlar, sonli axborot) va grafik belgi (rang, tasvir, konturlarni toʻldiruvchi) koʻrinishida boʻlishi mumkin.
GATning ma’lumotlar bazasida atribut ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy shakllaridan biri bu jadval koʻrinishdir. Obyektning belgilarini koʻrsatib beradigan va ma’lumotlarning mavzuli koʻrinishiga mos keladigan atributlar jadval koʻrinishda saqlanadi. Bunda har bir obyekt qatorlarga joylashtirilsa, ularning atribut ma’lumotlari ustunlarga joylashtiriladi (3.8-rasm).
GATda atribut ma’lumotlarning miqdori ulkandir. Ular ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va aniq boʻlgan ma’lumotlar asosida tuzilishi mumkin. Ba’zi atributlarning vazifasi faqatgina joy yoki obyektni koʻrsatib berib, ularni bir-biridan ajratishdan iboratdir. Koʻcha manzillari, uchastka tartib raqamlari bunga misol boʻla oladi. Atributlar vazifalariga binoan turlarga boʻlinishi mumkin va ular quyidagilardan iborat:
nominal;
ordinal;
interval;
koeffitsiyentli;
|
| |