• Demak, ma’lumotlar bazasi alohida obyekt haqidagi integratsiyalashgan ma’lumotlar toʻplamidir.
  • Fazoviy ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va




    Download 9,82 Mb.
    bet45/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Fazoviy ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va


    boshqarish
    GATning keng masshtabda qoʻllanilishi geografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan. Ma’lumotlar bazasi GATni ishlatish uchun zarur boʻladigan omillardan biri boʻlib, inson resurslari omilidan keyingi asosiy munozarali qism hisoblanadi. Buning sababi, ma’lumotlar bazasini tashkillashtirish va toʻgʻrilashning qimmatligi, bazani loyihalash shaklining talablari, tahlili va qaror qabul qilishdagi oʻrnidir. Hozirgi kunda keng masshtabda qoʻllaniladigan raqamli GATda barcha axborotlar tarmoq ichida ishlovchi foydalanuvchilarga moʻljallangan maxsus dastur – Malumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi (MBBT)da saqlanadi. Ma’lumotlar bazasining toʻgʻri tashkil etilishi qidiruv hamda boshqa tizimli operatsiyalarning toʻgʻri ishlashini ta’minlaydi.
    Ma’lumotlar bazasi deganda maxsus obyekt toʻgʻrisida integratsiyalashgan axborotlar toʻplami tushuniladi. Geografik axborotlar bazasi esa oddiy boʻlib, u aniq maydon va obyektga tegishli geografik axborotlardan tashkil topgan boʻladi. Ma’lumotlar bazasida "fazoviy" (spatial) atamasi koʻp ishlatiladi. Avval ta’riflaganimizdek, "fazoviy" atamasi biror-bir joyning geografik hamda
    geografik boʻlmagan xususiyatini bildiradi. Hozirgi kunda koʻplab katta kompaniyalar MBBTni ma’lumotlarni saqlash va fayllar jamlanmasi uchun ishlatadilar.

    Demak, ma’lumotlar bazasi alohida obyekt haqidagi integratsiyalashgan ma’lumotlar toʻplamidir.


    Ma’lumotlar bazasi geografik ma’lumotlarni toʻplashda an’anaviy fayl asosli ma’lumotlar toʻplamiga nisbatan quyidagi qulayliklarni yaratadi:

    • Barcha ma’lumotlarni bir joyga toʻplagan holda ortiqcha joyni egallashdan xalos etadi.

    • Ma’lumotlarni toʻgʻri tashkillashtirish va ularning ikkilanib kelishining kamayishi natijasida ta’mirlash xarajatlari qisqartiriladi.

    • Amaliy masalalar axborot erkinligiga erishadi, bu esa koʻplab amaliy masalalarning bir xil ma’lumot bilan alohida ishlash imkoniyatini beradi.

    • Foydalanuvchilar bilimi amaliy masalalarda osonlik bilan almashinadi, chunki ma’lumotlar bazasi oʻzgarmas boʻlib qoladi.

    • Ma’lumotlar almashinuvining osonlashuvi barcha turdagi foydalanuvchilar hamda ma’lumot boshqaruvchilari oʻrtasidagi korporativ tasvir (view, obzor)ni osonlashtiradi.

    • Axborotlar standarti tuziladi hamda ularning xavfsizligi ta’minlanadi.

    • MBBT bir vaqtning oʻzida koʻp sonli foydalanuvchilarning katta miqdordagi axborotlar bilan ishlashiga mos keladi.

    Boshqa tomondan qaraganda, MBBT fayllar tizimiga qaraganda quyidagi noqulayliklarga ham ega:

    • MBBT dasturini sotib olish hamda ta’mirlash birmuncha qimmat.

    • MBBT ma’lumotlarni boshqarishda qiyinchiliklar tugʻdiradi, ayniqsa, kichik loyihalar uchun.

    Maxsus indeksatsiya va algoritm qoʻllanilishi mumkin boʻlgan murakkab turdagi ma’lumotlar hamda strukturalardan foydalanishda yakka foydalanuvchiga
    fayllar usuli qulay boʻladi.
    Soʻnggi yillarda geografik axborotlar bazasi juda ham kengayib bormoqda. Masalan, AQSHning aerosuratlari 25 TeraBayt (TB)ni tashkil etadi, Buyuk Britaniyaning taxminan 450 million vektor obyektlari boʻlib, bu vektorlar MasterMap ma’lumotlar bazasida joylashgan boʻlib, butun Britaniyani qoplaydi.

    Download 9,82 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fazoviy ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va

    Download 9,82 Mb.