|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 43/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biVektor ma’lumot olish. Asosiy yoki birlamchi vektor ma’lumot olish bu geografik ma’lumot olishning asosiy manbayi hisoblanadi. Vektor ma’lumot olish ikkita muhim qismga: dala yoki yer va GPS syomkasiga boʻlinadi. Oxirgi vaqtlarda GPS syomkasi tobora kengroq qoʻllanilib bormoqda va bu ikki tur syomka bir-biriga qoʻshilib ketmoqda.
Dala yoki yer syomkasi istalgan nuqtaning uch oʻlchamdagi joylashuvini boshqa koordinatasi ma’lum boʻlgan tayanch nuqtalar (reper, marka, signal) yordamida oʻlchash tamoyiliga asoslangan. Syomka ishlari tayanch nuqtadan boshlanadi. Agar bu nuqtaning koordinata sistemasi ma’lum boʻlsa, qolgan barcha oʻlchangan nuqtalar mana shu sistema doirasida olinadi. Agar ma’lum boʻlmasa, mahalliy yoki qiyosiy koordinata sistemasini ishlatadi. Syomka paytida olingan nuqtalar syomka oʻlchovlaridan olinganligi uchun ularning koordinatalari boshqa nuqtalar koordinatalariga bogʻliq holda boʻladi.
Bizga geodeziya kurslaridan ma’lumki,bu turdagi syomkada boshlangʻich va oxirgi nuqta oʻzaro bir-biriga bogʻlanishi kerak. Masalan, yopiq poligon ichida syomka bajarilsa, boshlangʻich nuqtaning koordinatasi bilan oxirgi nuqtaning koordinatasi bir xil boʻlishi, yoʻl yoki trassa syomka qilinganda esa boshlangʻich nuqtadan boshlanib kelingan syomka oxirgi koordinatasi ma’lum boʻlgan nuqtaga kelganda aynan oʻsha nuqtaning koordinatasi chiqishi kerak, aks holda xatolik paydo boʻlib, agar u yoʻl qoʻyilgan darajada boʻlsa, tarqatib yuboriladi. Agar yoʻl
qoʻyiladigan darajada boʻlmasa, unda syomkani qayta boshlash kerak boʻladi. Yangi syomkada esa oldin oʻlchangan nuqtalar joylashuvi oʻzgarishi mumkin.
Geodezistlar an’anaviy syomka paytida burchak oʻlchash ishlarida teodolit va masofa oʻlchashda lenta hamda metrlardan foydalanishadi. Vaholanki, hozirgi kunda bunday asboblar oʻrnini ham burchak, ham masofa oʻlchay oladigan elektrooptik elektron teodolitlar egallamoqda (3.10-rasm).
3.10-rasm. Zamonaviy teodolit (Manba: Trimble veb-sahifasi)
Bu turdagi asboblar avtomatik ravishda ma’lumotlarni xotirasida saqlaydi va eng muhimi, vektor nuqtalarni, chiziqlarni hamda maydonlarni toʻgʻridan toʻgʻri dalaning oʻzida yaratadi. Bu esa bizga joyning oʻzida dala va kameral ishlarni taqqoslab, toʻgʻrilab olish imkoniyatini beradi. Zamon rivojlanishi bilan eski geodezik syomka oʻrnini yangi zamonaviy syomka turlari egallamoqda, natijada ishning sifati va aniqligi ham oshib bormoqda.
Odatda, syomka qilish uchun ikki kishi talab etiladi, ulardan biri elektron taxeometrni ishlatish bilan mashgʻul boʻlsa, ikkinchisi nur qaytaruvchi prizmani ushlab turishi lozim. Ba’zi masofadan turib boshqariladigan tizimlarda birgina insonning oʻzi ham elektron taxeometr, ham prizmani boshqarishga yetarli boʻlmoqda. Yer yoki dala syomkasi koʻp vaqt talab qiladigan va qimmat syomka
boʻlishiga qaramasdan, hozirgacha berilgan nuqtaning koordinatasini yuqori aniqlikda topishning eng yaxshi yoʻli sifatida baholanib kelmoqda.
Bunday turdagi ishlar yuqori aniqlik talab qiluvchi muhandislik ishlarida, jumladan bino va inshoot qurilishida, chegara belgilash va boshqa ishlarda qoʻllanilib kelmoqda. Bundan tashqari, bunday syomka natijasida olingan ma’lumotlar boʻyicha tayanch punktlarning koordinatasi yuqori aniqlikda olinmoqda va bu nuqtalarga asoslanib aerokosmik tasvirlarni keyinchalik deshifrlash orqali kerakli nuqtalarning koordinatalari topiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|