• Raqamli fotogrammetriya orqali ma’lumot olish.
  • GPS qurilmasi orqali ma’lumot olish.
  • Yordamchi geografik ma’lumot olish turlari




    Download 9,82 Mb.
    bet44/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Yordamchi geografik ma’lumot olish turlari. Yordamchi manbalardan geografik ma’lumotlar olish bu rastr-vektor fayllar va ma’lumotlar bazasini kartalar, suratlar hamda boshqa bosma (qattiq) formatdagi hujjatlardan yaratish jarayonidir. Skanerlash rastr ma’lumot olish uchun qoʻllaniladi. Planshetli raqamlashtirish (table digitizing), proyeksiyali raqamlashtirish (xeads-up digitizing), stereofotogrammetriya va COGO ma’lumot kiritish vektor ma’lumot olish uchun qoʻllaniladi.
    Raqamli fotogrammetriya orqali ma’lumot olish. Fotogrammetriya – bu qisqacha qilib aytadigan boʻlsak, tasvirlar, aerofotosuratlar orqali oʻlchovlar amalga oshiriladigan fandir. Bunday aerofotosuratlar yordamida an’anaviy fotogrammetriyada joyning ikki oʻlchamli modeli hosil qilinsa, hozirgi GAT va masofadan zondlash tizimlari orqali juft stereosurat hamda tasvirlarni bir-biriga birlashtirish orqali joyning ikki va uch oʻlchamli modellari hosil qilinmoqda.
    Fotogrammetriya kurslaridan ma’lumki, samolyot orqali suratga olinayotganda, keyinchalik aerofotosuratlarni bir-biriga birlashtirish uchun syomka boʻylab keyingi olingan surat oldingi suratning kamida 60% ini va oʻsha chiziqlar orasidagi surat oʻzidan keyingi suratning kamida 30% ini qamrab olishi zarur. Xuddi shunday jarayonning oʻzi aynan masofadan zondlashda ham amalga oshiriladi. Qamrab olish (suratlarning bir-biriga ustma-ust tushib qoplab olishi) qiymati uch oʻlchamli model hosil qilish maydonini koʻrsatadi.
    GPS qurilmasi orqali ma’lumot olish. GPS qurilmasi orqali GAT dasturlariga ma’lumot olish turli xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Masalan, syomka qilingandan soʻng maxsus dasturlar yordamida GPS qurilmasining xotirasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va bu ma’lumotlarni GAT dasturlariga joʻnatish yoki toʻgʻridan toʻgʻri maxsus GATning ichida joylashgan dasturlar orqali qayta ishlash mumkin. Hozirgi kunda yer resurslarini boshqarish tashkilotlarida ishlatilayotgan Panorama dasturida ham shunday dastur mavjud va bu ma’lumot olish NMEA 0183 tizimi orqali amalga oshiriladi. NMEA 0183 bu GPS navigatsiya qabul qilgichlari va undan foydalanuvchilar oʻrtasidagi ma’lumotlar almashinuvini uzatuvchi format turidir. GPS import dasturi orqali koordinatalar dasturi File/Import from/GPS Koordinates/NMEA or File/Refresh/Koordinates GPS/NMEA orqali amalga oshiriladi.

    3.11-rasm. Trimble GeoXH GPS qurilmasi (Manba: Trimble veb - sahifasi)
    Import rejimi orqali karta yangidan hosil qilinishi mumkin. Yangilanish mobaynida obyektlar berilgan kartaga yoziladi. Kiruvchi ma’lumot sifatida NMEA 0183 format protokoli yozuvlarga ega boʻlgan matnli fayl, shuningdek, uch oʻlchamli koordinata sistemasiga ega boʻlgan nuqtali yoki chiziqli (maydonli) obyektlar xizmat qiladi. Hosil qilinayotgan obyekt turi dastur dialog oynasidan tanlanadi. Bunda bir xil koordinatali ketma-ket kelgan yozuvlar oʻtkazib yuboriladi. Agar yangilanayotgan kartalar proyeksiyasi WGS-84 ellipsoidida boʻlsa, u holda geodezik koordinatalar oʻzgartirilmasdan yoziladi, aks holda koordinatalar Krasovskiy ellipsoidi sistemasiga oʻzgartiriladi.




    3.12-rasm. GPS qurilmasi orqali ma’lumot olish (Manba: Internet)

      1. Download 9,82 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yordamchi geografik ma’lumot olish turlari

    Download 9,82 Mb.