|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 51/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biGeofazoviy tahlil usullari. Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA) kompaniyasiga tegishli boʻlib, interaktiv geografik axborot tizimi koʻrinishida boʻladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi.
AtlasGIS – bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal kartogra- fiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan koʻp funksiyali axborot kartografik tizimdir.
GAT orqali ma’lum bir sohaga yoʻnaltirilgan tahliliy ishlarni olib borish mumkin. Bu sohalarga yoʻnaltirilgan tahliliy ishlarning texnik vositalari ishlab chiqilgan va ular asosan oʻsimlikshunoslik, hayvonot olami, ekologiya, geostatistika, landshaftshunoslik, geografiya, amaliy statistika va boshqa sohalarga moʻljallangan. Yuqoridagi tahliliy sohalar quyidagi umumiy oltita kategoriya (toifa)ga boʻlinadi:
Ma’lumotlar bazasi soʻrovi.
Geofazoviy oʻlchov.
Overley operatsiyasi.
Tarmoq tahlili.
Yer yuzasi tahlili.
Geotasvirlash.
Shuni aytib oʻtish joizki, geofazoviy tahlil usullari turli nuqtayi nazardan turli kategoriyalarga boʻlib oʻrganilishi mumkin. Shuning uchun ham boshqa manbalarda geofazoviy tahlil toifalari boshqacha oʻrganilishi ham ehtimoldan xoli emas. Biroq GATni boshlangʻich bosqichda oʻrganayotgan mutaxassis uchun yuqoridagi kabi boʻlish turi juda qulay hisoblanadi. Quyidagi rasmda geofazoviy tahlil kategoriya va kategoriya osti boʻlimlariga boʻlinganligini koʻrishimiz mumkin ( 4.1-rasm).
4.1-rasm.Geofazoviy tahlil tasnifi (*- ma’lumot)
Demak, yuqoridagi rasmda fazoviy tahlilni tushunish oson boʻlishi uchun bir necha boʻlimlarga ajratib, diagramma shaklida koʻrib chiqdik. Lekin har bir atama ostida qanday ma’no yotishini ham oʻrganib chiqish lozim, aks holda bunday diagrammalarga boʻlib oʻrganish bizga hech qanday natija bermaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|