|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 54/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biAtribut ma’lumotlarni kiritish usullari. Atribut ma’lumotlarni qoʻl yordamida mavjud ma’lumotlar asosida, oldin geoaxborot tizimiga kiritilgan raqamli ma’lumotlarni import qilish orqali, GPS yoki raqamli geodezik asboblar orqali kiritishimiz mumkin.
Qoʻl yordamida atributlarni kiritishda yuqoridagi berilgan parametrlarni hisobga olishimiz zarur boʻladi, ya’ni ma’lumot turini aniqlashtirish kerak. Bu usul yordamida atribut ma’lumot kiritayotganda ba’zida katta hajmdagi ma’lumotlar toʻplamiga duch kelishimiz mumkin. Masalan, kartada 4000 ta poligon boʻlsa va har bir poligonga 50 tadan qatorli ma’lumot kiritishimiz zarur boʻlsa, u holda biz 200 000 ta qiymatni alohida-alohida kiritishimiz kerak. Chunki dasturning tahrir qilish buyrugʻi orqali har safar bir qiymatni alohida- alohida kiritib borish zarur. Shuning uchun hozirgi axborot zamonida geoaxborot tizimidan foydalanuvchi oldida turgan muammo atribut ma’lumotni kiritishga ketadigan vaqtni kamaytirishdan iboratdir.
Oldin geoaxborot tizimiga kiritilgan raqamli ma’lumotlarni import qilishda dBASE fayl formatidagi ma’lumotlardan foydalanishimiz zarur boʻladi. Bunda yangi yaratilgan atribut ma’lumotli jadvalga oʻsha bazani ham kiritishimiz mumkin. Umuman olganda, nafaqat geoaxborot dasturlari, balki boshqa ma’lumotlar bazasi orqali yaratilgan bazani ham import qilish mumkin. Hozirda barcha dasturlarda fayllarning integratsiyalashuvi, ya’ni bir-birida fayllarni oʻqish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bundan tashqari, oddiyroq tushuntiradigan boʻlsak, Excel fayli ma’lumotlari bazasini ham import qilishimiz, ArcGIS dasturi orqali Excel formatidagi ma’lumotni kartaga bogʻlashimiz mumkin boʻladi.
GPS yoki raqamli geodezik asboblar orqali asosan fazoviy ma’lumotlar sanalgan koordinatalar, joyning oʻziga xos belgilari va syomka jarayonida kiritilgan ma’lumotlarni olishimiz mumkin boʻladi. Koordinatalar geoaxborot dasturlarida ham avtomatik, ham qoʻl orqali kiritilishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlar toʻplami (dataset) oʻzida koordinatalar va boshqa atribut ma’lumotlarga ega boʻladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|