|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 55/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biMa’lumotlarning geoaxborot tizimida koʻrinishi. Geoma’lumotlar geoaxborot tizimida odatda kartalarga bogʻlangan boʻladi. Karta GATda geoma’lumotlar bilan ishlaydigan yagona soha hisoblanadi va bundan tashqari, GATning pirovard mahsuloti ham sanaladi. Shuning uchun GAT nafaqat kartani ishlab chiqaradi, balki maxsus qayta ishlash va tahlil jarayonlari orqali ma’lumotlarning tahliliy ishlarini ham bajarib keladi.
Zamonaviy GAT uch xil koʻrinishda boʻlishi mumkin. Bular jadval yoki ma’lumotlar bazasi orqali koʻrinish, karta koʻrinish va model koʻrinishdir.
Ma’lumotlarning jadval yoki ma’lumotlar bazasi orqali koʻrinishi. GAT bu dunyo ma’lumotlar bazasini oʻzida jamlovchi tizimdir yoki boshqacha nom bilan geografik ma’lumot bazasi deb ham atashimiz mumkin. GAT dunyoni geografik jihatdan maxsus tuzilishga ega boʻlgan ma’lumotlar bazasi orqali tasvirlaydi. Bunda ma’lumotlar geoaxborot tizimidagi vektor qatlamga bogʻlangan maxsus jadvallarga kiritiladi. Qulayligi shundaki, vektor formatdagi qatlamlardagi geoshakllar (nuqta, chiziq, poligon) toʻgʻrisidagi barcha atribut ma’lumotlar jadvalda aks ettiriladi va geoshakllar belgilanganda jadvaldagi qatorlar ham belgilanadi (4.3-rasm).
4.3-rasm. Atribut ma’lumotlarning jadval orqali koʻrinishi
(Manba: Internet)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|