|
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|
bet | 58/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biBoʻlish (divide). Bu operatsiya matematik boʻlishga oʻxshaydi. Ushbu operatsiya orqali nishon jadval boshqa jadval tomonidan boʻlinadi. Quyidagi rasmdagi misol orqali tushuntiradigan boʻlsak, tip nomli jadval ustuni va oʻlcham nomli ustun tip va oʻlcham birlashgan jadvalga boʻlinmoqda va natijada tip nomli ustunli va m nomli kiritma hosil boʻlmoqda. Bunda faqatgina tip nomli qiymatlar size deb nomlangan barcha qiymatlarni koʻrsatmoqda.
4.9-rasm. Boʻlish operatsiyasiga misol (Manba: Internet)
Qolgan 4 operatsiya faqatgina 2 jadval boʻlganda va ikkala jadval bir xildagi aniq son hamda atribut turi mavjud boʻlganda qoʻllaniladi. Lekin qatordagi kiritilgan ma’lumotlar turlicha boʻlishi mumkin.
Birlashtirish (union). Bunda har ikkala yoki bitta jadvalda mavjud kiritilgan ma’lumotlar birlashtirib koʻrsatiladi. Qaytarilgan ma’lumotlar hosil qilingan jadvalda faqatgina bir marta koʻrsatiladi. Masalan, ushbu operatsiya yordamida sizga davomiy ravishda bir xil jadval olib kelishadi va qaytarilgan qatorlar avtomatik tarzda olib tashlanadi.
4.10-rasm.Birlashtirish operatsiyasiga misol (Manba: Internet)
Kesishish (intersection). Bunda ikkala jadval qoʻshilganidan soʻng har ikkala jadvaldagi umumiy boʻlgan ma’lumotlar koʻrsatiladi va qolgan qatorlar tashlab yuboriladi. Masalan, quyidagi rasmda ID qiymati 1 va 5 boʻlgan qatorlar har ikkala jadvalda topildi va qolgani olib tashlandi.
4.11-rasm.Kesishish operatsiyasiga misol (Manba: Internet)
Farqlash (difference). Bunda ikkala jadvaldagi farqli qatorlar olinadi. E’tibor berish kerakki, bunda 1 - jadvaldagi farqli qatorlar qoldiriladi va 2 - jadvaldagi farqli qatorlar esa koʻrsatilmaydi. Bunda jadvallar ketma-ketligi muhim rol oʻynaydi, ya’ni agar ikkinchi jadval birinchi tartibli boʻlsa, unda faqatgina 9 qator qolgan boʻlardi. Quyidagi rasmda esa 2,3,4,6 va 7- qatorlar farqli qatorlar sifatida koʻrsatilmoqda.
4.12-rasm. Farqlash operatsiyasiga misol (Manba: Internet)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin
|