Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




Download 9,82 Mb.
bet60/142
Sana21.12.2023
Hajmi9,82 Mb.
#126251
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   142
Bog'liq
Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

Geoma’lumot bazasi soʻrovi


Ma’lumot bazasi soʻrovi (Database query), avvalambor, bizga kerakli boʻlgan ma’lumotlarni bazadan soʻrash yoki talab qilib olish ma’nosini bildiradi. Bunda soʻrov maxsus buyruqlar yordamida amalga oshiriladi. Yanada aniqroq qilib tushuntiradigan boʻlsak, atribut ma’lumotlar yoki kartografik ma’lumotlar oʻzaro ma’lumotlar bazasidagi jadvallarga bogʻlangan boʻladi. Masalan, kartalar ustida ish olib borayotganimizda bizga ma’lum bir yer uchastkasi toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot kerak boʻlib qoladi. Bu holda biz ma’lumot soʻrovini amalga oshiramiz.
Bu soʻrov toʻgʻridan toʻgʻri biz ishlayotgan kartaning ustida sichqoncha yordamida amalga oshirilishi yoki ma’lumotlar bazasidan olishimiz mumkin. Geofazoviy tahlil jarayoni orqali kelgusi GAT ishlarida shu soʻrovlar toʻgʻri va aniq bajarilishi uchun ma’lumotlarni joylashtirish va ularni boshqarish usullari qoʻllaniladi.


Demak, fazoviy soʻrov (spatial query) bu bizga berilgan ma’lumotlar toʻplami yoki raqamli vektor formatdagi kartada belgilar yoki xususiyatlarni ularning geografik yoki fazoviy bogʻliqligiga qarab belgilash jarayonidir.


Soʻrov (query) soʻzining ma’nosi birmuncha kengroqdir. Ba’zi dasturlar, asosan ArcView dasturlari orqali ma’lumotlar qatlam-qatlam koʻrinishida koʻrsatiladi va bunda buyruqlar orqali bizga kerak boʻlgan ma’lumotlarni olishimiz zarur boʻladi. Masalan, siz ma’lum bir uzoqlikdagi va boshqa belgilarga (feature) qoʻshni boʻlgan belgilarni yoki bir obyekt ichidagi yoki kesishuvchi obyektlarni topmoqchisiz. Shunday hollarda ham soʻrov ishlari amalga oshiriladi
Fazoviy soʻrovlar jarayoni turli mavzuli qatlamlardagi belgilar orqali bajarilishi mumkin. Agar qatlamlarning geografik oʻzaro bogʻliqligini tekshirmoqchi boʻlsangiz, unda bir mavzuli qatlamni boshqasi bilan ustma-ust qoʻyishingiz kerak va bu jarayon fazoviy qatlamlashtirish (spatial overlay) deb ataladi. Soddaroq qilib aytadigan boʻlsak, ArcGIS dasturi orqali yaratilgan sheyp (shape) formatidagi qatlamlarni ustma-ust qoʻyish orqali siz turli nuqtali, poligonli, chiziqli obyektlarni koʻrishingiz, birlashtirishingiz yoki ajratishingiz mumkin boʻladi. Ammo ustma-ust qoʻyilayotgan qatlamlarning geografik koordinatasi bir xil boʻlishi kerak (4.14-rasm).
Fazoviy soʻrov bu fazoviy tahlil jarayonining bir qismidir. Fazoviy tahlil turli tahliliy masalalarni hal etuvchi usullarni oʻz ichiga olgan.
Fazoviy soʻrovni siz yangi tijorat uchun joy izlashda, mavjud tijorat markazlarini bilishda va oʻz navbatida, ular orasidagi masofa va boshqa zarur ma’lumotlarni topishda qoʻllashingiz mumkin.
Geoaxborot tizimidagi barcha fazoviy soʻrovlar quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • qamrab olish;

  • hudud;

  • toʻliq oʻrab olish;

  • qirqib olish;

  • chiziqlar kesishuvi;

  • qoʻshni belgilash;




  • yaqinlik;

  • fazoviy biriktirish;

  • kartani qatlamlashtirish;

  • oʻzaro birlashtirish.



4.14-rasm. Mavzuli qatlamlarni oʻzaro birlashtirish
(Manba: Internet)



Download 9,82 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   142




Download 9,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

Download 9,82 Mb.