• Rastr soʻrovi.
  • Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin




    Download 9,82 Mb.
    bet61/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Vektor soʻrovi. GATda vektor ma’lumotlar boʻyicha amalga oshiriladigan umumiy ikki xil soʻrov mavjud:

    1. Atribut ma’lumot boʻyicha soʻrov.

    2. Fazoviy ma’lumot boʻyicha soʻrov.

    Atribut ma’lumot boʻyicha soʻrov deganda operator bergan talablar asosida mavjud ma’lumotni oʻzgartirish kiritmasdan olish tushuniladi. Kartadagi ba’zi xususiyatlar ham atribut asosida olinishi mumkin. Masalan, biz shunday buyruq berishimiz mumkin: berilgan joydagi barcha 1km2 maydonga 1000 kishidan katta zichlikka ega shahar hududlarini koʻrsating. Shunda ushbu soʻrov natijasi zichligi berilgan oʻlchamdan katta boʻlgan hududlarni koʻrsatadi, qolganini esa koʻrsatmaydi. Bunday soʻrov bizga qaror qabul qilishimizda birmuncha qulaylik yaratadi. Koʻpgina GAT dasturlari GAT ma’lumotlar bazasidan ma’lumot

    qidirish uchun shakli moslangan soʻrov tiliga ega (SQL Structured Query Language).


    Bunda yagona kodga va jadvalga ega boʻlgan atribut ma’lumot geometrik ma’lumotga bogʻlangan boʻladi. Bu atribut ma’lumotlar bazasi orqali ma’lum bir xususiyatlarni izohlash mumkin. Bunday ma’lumot izlash jarayoni oddiydan murakkab turgacha boʻlishi mumkin va u SQL tomonidan amalga oshiriladi.
    SQL ga koʻra, quyidagi asosiy uchta xususiyat mavjud:

    SELECT FROM
    WHERE
    TANLA< atribut/maydon nomi> QAYERDAN QAYERGA

    Oxirgi shartli joyga degan buyruq orqali uchta operator yordamida tasvirlanadi:

    1. Bogʻliqli (relational): >,<,=,≤, ≥ (SELECT*FROM road WHERE road_width>10.

    2. Arifmetik (arithmetic): +, -, x, ÷ (SELECT road_name, road_width

    + 2AS new_width FROM road WHERE road_width>10.

    1. Bulean (Boolean): AND, OR, NOT, XOR (mutlaq OR) (SELECT*FROM road WHERE road_width>10.

    Demak, yuqoridagi arifmetik amallar orqali soʻrov natijalari amalga oshiriladi.Ushbu misollar oddiygina koʻrinishda, lekin SQL dasturi ham alohida kurslardan biri hisoblanadi va bu dastur GATdan tashqari boshqa axborot dasturlarida ham soʻrov ishlarini olib borish uchun qoʻllaniladi.
    Rastr soʻrovi. Rastr ma’lumot soʻrovi quyidagi usullar yordamida bajariladi:

    1. Rastr ma’lumotning piksel qiymatlari orqali. Bu soʻrov usuli rastr ma’lumot soʻrovida eng koʻp qoʻllaniladigan usul hisoblanadi. Bunga qiymati 10 dan kam boʻlgan barcha piksellarni belgilashni misol qilib keltirsak boʻladi. Rastr ma’lumot soʻrovi Boolean operatsiya orqali ham (AND, OR, NOT) bajarilishi mumkin.

    2. Atributlar orqali. Bu usul rastr ma’lumot mavzuli yoki tasniflangan va rastr piksellari atribut ma’lumotlar bilan bogʻlangan boʻlsa amalga oshiriladi.




    1. Fazoviy ma’lumot orqali. Rastr soʻrovi kursorni monitordagi kerakli katakcha ustiga olib borilib amalga oshirilishi mumkin.

    Download 9,82 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin

    Download 9,82 Mb.